Izohli lug‘at
tob
тоб
Ma’nolari
- fors. – kuch-quvvat, chidam, darmon; issiqlik; yonish, yogʻdu; dard, azob
- Meʼyoriga yetish, yetilish (yetilganlik) darajasi, holati.
- . Xohish-istak, mayl, ragʻbat.
- . Chidam, toqat.
- . Taft, dam.
- . Xuddi, naq.
- Tobi aynimoq (yoki qochmoq) yoxud tobi kelishmaslik Sogʻligʻi salbiy tomonga oʻz-garmoq, sogʻligʻi yomonlashmoq. Shu kunda sad
- Tobiga yetmoq (yoki kelmoq) Foydalanish, ishlatish uchun tayyor holga yetmoq (kelmoq); yetilmoq.
- Tob bermoq Turish bermoq; chidamoq.
- Tob bermoq Taftiga (damiga) tutmoq; toblamoq (toblanmoq).
- Tob tashlamoq 1) aynib, qingʻir-qiy-shiq, egri-bugri boʻlib qolmoq (asosan hoʻl yogʻoch, eshik, rom va shu kabilar haqida).
- Tobga olmoq Tobiga keltirish ha-rakatini qilmoq; toblamoq.
Misollar
- -Yerning tobi bundan or-tiq boʻlmaydi, — dedi u sinovchan nazar bilan yonidagilarga qarab. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Hosil moʻl, tobida silos qil-masak, shirasi kamayib, burdi ketadi. — F. Nu-rullayev — Boʻz yigit.
- Sayislar biladi otning tobini. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.
- Ishga tobing bormi, jiyan? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Na oʻqishga, na yumushga tobi yoʻq, taʼbi nozik.. — "Guldasta".
- Tob bermoq. shsh Otangga berma azob, Azobga qolmagan tob. — H. Olimjon.
- Qoramtir, qoʻngʻir, pushti bulut karvonlari goʻyo qizil shuʼla tobidan sharqqa shoshshshb qochar edi. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Sen opang Jumagulning tob oʻzisan, lekin bir ozgina farqing bor, xolos. — J. Sharipov — Xorazm.
- tobim aynib yuribdi. Oʻlib-netib qolsam.. — S. Ahmad — Ufq.
- Jinday tobim kelishmay qol-di.. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Oʻriklar danak qotirganda tobim qochib qol-di. — M. Mansurov — Yombi. Tobi yoʻq Sogʻligʻi durust emas; kasal, betob.
- Bunine oldidan ketolmay qoldim, ota, tobi yoʻq. — A. Muxtor — Chinor.
- Kechagina paxtalari bodroqday ochi-lib yotgan dalalar shudgordan keyin qor os-tida boʻrsillab yotibdi, tobiga yetayapti. — Gazetadan.
- Soʻfining tanlariga birdan oʻt tutashganday boʻldi. Butun vujudi qizigan tanurday [tandirday] tobiga kelgan edi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Baliq shoʻrva keldi tobiga chogʻi, Dasturxonga choʻkdi ovchilar shu choq. — M. Ikrom — Baliqovida.
- Nizomiddinov uning oʻtli qarashiga tob berolmay, asta-asta yurib, darvozadan chiq-di. — S. Ahmad — Hukm. Tobi yoʻq Chidamaydi.
- Laʼnatining xotin olishga ixlosi baland-u, katta chiqimga tobi yoʻq. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Mana, koʻz oʻngimizda quyoshning hayotbaxsh taftiga tob berib, keng pichanzor vodiy yastanib yotibdi. — Gazetadan.
- Eshik tob tashlabdi. Sh1
- Dangasa mehnat uchun bermay-di tob, Oftobda hoʻl yogʻoch tashlaydi tob. — Xabibiy.
- Ikki zinadan koʻtarildi. Tob tashlab, taxtalarining orasi ochilib qolgan yup-qa eshikka roʻpara boʻldi. S. Nurov, Narvoy; 2) aynib, loqayd, sust boʻlib qol-moq; puturdan ketmoq.
- Keldiyorov ularni gap bilan uzib oldi: -Ot-ulov bahona, oʻzlaring tob tashlab qolgansizlar. — "Mushtum".
- Chol hali-beri tob tashlamasdi. Kenjamiz ava-riyada nobud boʻlgandan soʻng sinib qoldilar. — N. Qobil.
- Shuytib k,is-tab yoʻl tortdi, Tobga olib Gʻirotdi. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli. Shu tobda Hozirning oʻzida, shu vaqtda.
- Lekin shu tobda qizning bagʻrini bir narsa qattiq oʻrtadi vauoʻkirib yigʻlab yubordi. "Yoshlik"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0