Izohli lug‘at
tole
толе
Ma’nolari
- Turmushdan mam-nunlik holati, turmushdan mamnun etuvchi taqdir.
- Omad, baxt.
Misollar
- Toleingda bor ekan yashash, Goh qon ichding, gohida sharob. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Toleingdan oʻrgilay, qizim, onang shoʻrlik qiz boʻlib, kelin boʻlib, hech narsa koʻrmagan edi, xudoyi taolo hammasini senga nasib qilgan ekan. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Ha, tole boʻlmasa qiyin ekan! Men ne-ne orzular bilan ilm-hunar oʻrganib kelgan edim! Vatanim boʻlmish Fargʻona vodiysida.. mad-rasalar qurmoqchi edim. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Xoʻjayinning karmoni oʻpirilganga oʻxshaydi, tolei yoʻq-da. Shu bu yil yutqizishdan boshi chiqmay qoldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sulton boʻzchining oʻgʻli Muhammadjonning tolei past ketdi. — N. Safarov — Sulton boʻzchining nevaralari.
Kelib chiqishi
a. jJLL — koʻtarilayotgan, yuqori-layotgan; taqsir, qismat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0