Izohli lug‘at
tom
том
Ma’nolari
- Uyning, binoning ustini be-kitib turuvchi tepa qismi.
- Baʼzi qurilmalarning qor-yomgʻir, quyosh va shu kabilardan himoya qiluvchi tepa qismi.
- Uy, hovli-joy.
- Tomdan tarasha tushganday q. tarasha. (Oʻzini) tomdan tashlaydi Biror narsaga juda oʻch, oʻlarmon odam haqida aytiladigan ibora.
Misollar
- Poy tom. Tunuka tom. Ikki nishabli baland tom. yash Asfalt yoʻllar, tunuka va shifer tomlardan qaynoq hovur koʻtarshshdi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Keta-ketguncha yakkam-dukkam loysuvoq tomlar, devorlari toʻkilay deb turgan pastak uylarni koʻraverib, dilingiz xira tortadi. — K. Yashin — Hamza.
- Toʻlanboy Ikromjonning ahvolini koʻrib turganidan, u ham indamadi-da, ketdik, deb kabina tomini mushtladi. — S. Ahmad — Ufq.
- Hkkojw boshliq qori tizzaga uradigan kizil vagon tomiga chikib, atrofni kuzata bosh-ladilar. — N. Safarov — Jasoratning davomi.
- Eshakka muguz bitsa, egasini suzadi, Tuyaga qanot bitsa, tomingni buzadi. — Maqol.
- yaya Shunda borib, bir tomni ochdi — bari tillaga toʻla, bir tomni ochdi — kumushga toʻla. — "Ravshan".
- "..Dashti qipchoqlar boyisa, xotin oladi, turkiylar boy boʻlsa, tom soladi" [oʻylardi Masuma beka]. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ichkilik boʻlsa, Joʻra oʻzini tomdan tashlaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..pul desa, oʻzini tomdan tashlaydigan bu taʼviya-ning na doʻsti bor, na joʻrasi. — J. Sharipov — Xorazm.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0