Izohli lug‘at
tomon
томон
Ma’nolari
- Biror narsa yoki joy (ma-kon)ga nisbatan yoʻnalishdagi joy, makon; taraf. U
- Oʻzaro nisbatda, munosabatda boʻlgan shaxs yoki shaxslar guruhining har biri.
- Tomonini olmoq Tomonida turib himoya qilmoq, qoʻllab-quvvatlamoq; yonini olmoq.
- (koʻpl. shaklida — tomonlar). Oʻzaro muxolif, zid munosabatdagi shaxs yoki subʼyektlar.
- Ish, narsa-hodisa, masala va shu kabilarning qirralari, qismlaridan biri; jihat.
- mat. Tekislikdagi geometrik shakl-larni hosil qiluvchi kesmalarning har biri.
- koʻm. vazifasida. Makon, payt, obʼyekt, sabab kabi munosabatlarni, shunday maʼnolarni bildiradi.
Misollar
- tomon. Bu tomon. Koʻchaning ikki tomoni. Bogʻning bir tomoni. Paykalning toʻrt tomoni. m
- Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yoʻlchini yotqizishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xonaning ikki tomoniga karavot qoʻyilgan. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Toʻrt tomon qum, xayriyat, bunda hech kim eshitmaydi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Dushman tomon. Kuda tomon. a
- Ammo oʻz otasidek boʻlib qolgan noib janoblarining tomonini olishni ham, yovuzona bir qudrat egasi boʻlgan Zokir kalla tomoniga oʻtishni ham bilmay, ikkilanib turardi. — X. Toʻxtabo-yev — Yillar va yoʻllar.
- Har ikki tomonning ishini koʻrgan odam muqarrar: "Bular kim tez qazirga oʻynashganov!" deb oʻylaydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Abdurahmon yosh bola ekan, otasi oʻlib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Darvish gov koʻpincha fuqaroning tomonini olar, beklarga, navbati kelmaguncha, suv ber-masedi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sizni qarang-u, yana oʻshalarning tomonini olasiz-a. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Tomonlarni kelishtirmoq. To-monlarning roziligini olmoq.
- Masalaning eng muhim tomoni. Asarlardagi mushtarak tomonlar. yash Ha, bizning kasb-ning oʻziga xos nozik, jiloye tutqizmas, baʼzan asov, baʼzan injiq tomonlari bor. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Men koʻlda choʻk-kanim, bolaning qutqargani qolib, boshqa tomonini aytdim. — H. Nazir — Yonar daryo. Ammo ayni chogʻda uning ham oʻziga xos zaif to-monlari bor edi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Toʻgʻri toʻrtburchak tomonlari. Tomonlari teng uchburchak.
- Biz tomonga kelyapti. Ovoz koʻcha tomondan kelyapti. Kechga tomon xabar ol-moq. m
- Yelkasiga tashlangan kitelining yengiga qoʻl sola turib, indamay eshik tomon yurdi. — S. Karomatov — Oltin kum.
- Kechga tomon Sobirning xonasiga Odil buva kirib keldi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Ammo olamshu-mul bu kashfiyot ilmiy kengash tomonidan yetarli baholanmaganga oʻxshaydi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Bir tomondan ferma mudiri.. uning oʻrnida siz boʻlsangiz-u, koʻz oldingizda boshi oniq bir juvon qilpil-lab yursa.. E, sodda ekansiz, u ka! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0