Izohli lug‘at
tomosha
томоша
Ma’nolari
- [a. LiLo^ — qarakat-
- lanish; aylanib yurish, sayr qilish] 1 Ommaviy ravishda namoyish etish uchun tayyorlangan sahna asari, koʻrsatuv.
- Umuman, kishi eʼtiborini tortadi-gan, eʼtibor bilan qaraydigan, kuzatadi-gan, undan zavq-shavq oladigan, taʼsirla-nadigan narsa.
- Kishi eʼtiborini tortadigan mash-masha, janjalli holat; hangoma. Bularning qitigʻiga tegma. Agar gazetaga tortsa, gʻir etib tergovchi keladi. Ana unda koʻr tomo-shani. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Tomosha qilmoq Tomoshani kuzatmoq, eʼtiborni tortadigan joy, narsa va shu kabilarni kuzatmoq, koʻrmoq.
Misollar
- Teatr tomoshasi. Sirk tomoshalari. Tomosha zali. Tomosha qoʻymoq. Spektaklni qiziqib tomosha qilmoq. m
- Peshayvon oynasiga tushiril-gan parda orqasidan Hamza chiqib keldi-da, tomosha tugagashshgini elon qildi. — K. Yashin — Hamza. Televizorni koʻraverarkanmiz-u, to-moshalarni tayyorlash k,anchalik mashaqqatli boʻlishini bilmas ekanmiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Tabiiy, u koʻndi, shu yoʻsin ertaga oʻynaladirgan tomoshaga Sultonali-ning xotini ham oʻrgatildi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Chorsudagi choyxonadan oʻtib, ajib bir tomoshaning ustidan chiqishdi. Samovar toʻla odam. Ashula, askiya, hangoma, qahqaha avjida. — K. Yashin — Hamza.
- Obboʻ, pol yuvishni koʻrish ham tomosha boʻptimi? — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- -Baliqlar ham koʻp alomat narsa-da, — deb qoʻydi tomoshaga berilib ketgan Qudrat ichida. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Hamza xalqqa qarab: -Ho-zir bir manzara koʻrinadi, shuni tomosha qilasizlar, — deb eʼlon qildi. — K. Yashin — Hamza.
- Iigit-qizlar yashnab borayotgan choʻl-ni, yangi qurilgan imoratlarni, tepalikni tilka-pora qilayotgan ekskavatorni tomosha qilishardi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Uyga keldig-u, Yuvosh ikkalamiz yulduz va medallarni tomosha qila boshladik. — E. Raimov — Ajab qishloq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0