Izohli lug‘at
topinmoq
топинмоқ
Ma’nolari
- Sigʻinmoq, choʻqinmoq.
- Sajda qilmoq, bosh egmoq.
Misollar
- Olovga topinmoq.
- Hindistonda hayvon va oʻsimliklarga topinish haddan tashqari kuchli. — Z. Akramov — Hindiston lavhalari
- ..ular ayol zotini ilohiylashtirar ekan, bir zamonlar uning loydan va yogʻochdan yasalgan shaklini uylari toʻriga qoʻyib, unga topinisharkan. — Shukur Xolmirzayev — Qil koʻprik
- Pulga topinmoq.
- U [Zumrad] oʻzining nafis zavqiga bovar ishqini gapiradi, maʼshuqining aqliga, qalb goʻzalligiga, insoniy gʻururiga topinadi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0