Izohli lug‘at
tor
тор
Ma’nolari
- Eni, kengligi uncha katga boʻl-magan; ensiz, kambar.
- Hajmi, sigʻimi uncha katta boʻlmagan; siqiq.
- Chegarasi, koʻlami uncha katta boʻlmagan, chekli.
- Juda qattiq, baxil odam haqi-da.
- Doʻppi tor kelmoq Noqulay, nochor, tang ahvolda qolmoq, ahvoli mushkullashmoq.
- ) kishilarga yaxshilik, xushmuomala bilan munosabatda boʻlmaydigan, ziq munosabatli.
Misollar
- Tor lenta. Top koʻcha. Top yoʻlak. yat U baland boʻyli, peshonasi tor, oʻtkir yuzli, beti ham soqoliday qop-qora kishi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tor uy. Tor kiyim. yat Krratoy turdi, tor va dim hovlida boʻgʻilgan kabi, eski, yirtsh koʻylagi bilan yelpindi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ushbu keng dunyo koʻzimga boʻldi tor\ — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Avazyarim soatcha dam tortib oʻtirdi-yu, bu tor, nim-qorongʻi ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Domla, boshida chamandagul doʻppi, egnida kalta va tor katak koʻylak. — A. Qahhor — Toʻyda aza.
- Tor soha. Tor doirada qoʻl-lanadigan soʻzlar.
- Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. — Maqol.
- Baʼzi qallob odamlar uchun nima koʻp — vaj-korson koʻp. Doʻppi tor kelganda, ogʻizlariga kelganni qaytarishmaydi. — Gazetadan.
- Doʻppi tor keldimi, darrov Joʻraboyevning panohi-ga tiqilishadi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Yolgʻon chiqib gapi, doʻppi tor kelsa, Hech kim yoʻgʻin poylab soʻraydi uzr! — S. Abduqah-hor. Koʻzi tor Oʻta xasis, ziqna.
- ..koʻzi tor savdogarlarni.. satira ostiga oladi. — "Mushtum".
- Oʻzlariyam oʻlguncha koʻzi tor, ziqna odam, pul boʻlsa-boʻlgani.. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola. Feʼli (yoki yuragi) tor 1) ayn. koʻzi tor.
- Ularda pul boʻladi, bilaman. Lekin ayollari-ning feʼli tor. Kafanlikka doka berishsa ham katta gap. Oybek, Tanlangan asarlar
- Mudiring nokasroq, feʼli torroq odamga oʻxshaydi. Ehtiyot boʻl unaqalardan, jiyan. — S. Nurov — Narvoy.
- Avaz oʻz feʼlini biladi: u injiq, yuragi tor, qoʻrs. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qoʻyaver, uka, er-xotinchilikda oʻtadi. Baʼzi xotinlar yuragi torroq, gʻayirroq boʻladi. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0