ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

toymyuq

тоймюқ

Ma’nolari

  1. I Silliq yuzada monesiz surilib, sirgʻanib ketmoq; toygʻanmoq. Nazira shoshib yoniga qaramoqchi boʻlgandi, suvga engashib qolgan quvur ustidan pastga qarab oyogʻi toyib ketdi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Koʻcha va tomlar qordan oqara boshlagan. U sirpanib, toyib, xizmatkorxonaga joʻnadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
  2. Chetga chiqmoq, adashmoq, ozmoq. Shariat yoʻlidan toygan qizning soʻziga ishonasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar. Oyogʻim sal toydimi, bas, burnimni yerga ish-qaydilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
  3. (faqat boʻlishsiz shaklda) Qaytmoq, tap tortmoq. U hech narsadan toymaydi. Yalangʻoch suvdan toymas. Maqol. m Borib turgan shum, toshyurak bola edi, mushtdek boshidan jo-nivorlarni qiynab oʻldirishga oʻrgangan.. odam oʻldirishdan ham toymaydi. M. Osim, Tilsiz guvoh. Aytganini qilish uchun hech narsadan toymaydi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa.
  4. Jaddiga toymoq Kimsaning qilmishi uchun aybdor boʻlib qolmoq, javob bermoq. Qilgilikni Sidiqjon qildi-yu, jaddiga biz toyib ketdik-da. N. Safarov, Uygʻonish. Holdan toymoq Tinka-madori, sillasi qurib, oʻlar holatga yetmoq. Yoʻlovchilar Ustyurt sahrosida oʻn besh kun yoʻl yurib, toza charchadilar, tuyalar ham holdan toydi. M. Osim, Elchilar. Meni navkarlar holdan toygunimcha urdilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0