Izohli lug‘at
toza
тоза
Ma’nolari
- Kir, chang, ifloslik va shu kabilardan xoli (xoli qilingan), ozoda, pokiza.
- Tirnogʻimni, tishimni Doim toza tutaman. Uygʻun.
- Chang-gʻubordan xoli; begʻubor, sof, musaffo.
- Aralashmalardan xoli; sof, asil.
- Xirildoq va sh.k. kamchiliklardan xoli, jaranglab chiqadigan tovush, ovoz haqida.
- Dogʻ tushmagan, bulgʻanmagan; sof, pok.
- Juda ham, rosa.
- Yangi.
- Palagi toza Urugʻ-aymogʻi, avlodi va oi-la azolaridan ibrat olsa boʻladigan; na-munali, zotli.
Misollar
- To za idish. Toza kiyim. Toza uy. Toza kiyinmoq. n Aʼzoyi badanimni Xoʻp yaxshilab yuvaman.
- Qoʻllarini toza sochiqlarga apmuutdu. — K. Yashin — Hamza.
- Toza osmonda yulduzlar charaqlaydi. — S. Nurov — Narvoy.
- Toza havodan toʻyib nafas oldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Har taraf sof, toza maysa-koʻkat.. — Gʻayratiy.
- Toza oltin. m
- Mana bu durmi ? Juda toza ekan, Nuri opamda ham bor-a ? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gulnor kelgach, u Yoʻlchi bilan qizga shivirladi: -Mana bu juda toza choy. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oshna ashulalarning dilrabo kuyi, hofizning toza va shirazi ovozi Elmurodning yuragiga bahor nashʼalaridek quyildi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
- Toza vijdon. Toza nom. Toza qalbda dogʻ boʻlmas. — Maqol. yash
- Murzin yanada qizishib, boʻrtib, davom etdi: -Men uni yaxshi bilaman. Uyaxshi qiz, koʻngli toza. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Toza charchadik. Sizni toza kutdik. n
- Yigit-qizlar xola-ning gaplariga toza kulishdi. — N. Safarov — Oliyaxon Sultonova.
- Bechora! Qalligʻini koʻraman, deb toza baloga qolgan ekan! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Toza maktab ochsang, kofir deydi, gazeta oʻqisang, dahriy deydi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Toʻrani olajak toza xotinidan sovitib berasiz. — J. Sharipov — Xorazm.
- Matpano: - Tagʻin kelaman, ogʻa, toza gap boʻlsa, yetkazaman, oʻksimay yuring, — deb peshinlatib joʻnadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- [Poʻlat:] Grexovning palagi toza emas. — N. Safarov — Sharq tongi.
Kelib chiqishi
f. "jl3 — yangi, yosh, nozik; yashil (nihol)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0