Izohli lug‘at
trayektoriya
траектория
Ma’nolari
- Harakatdagi nuqta yoki jismning tekislikdagi, fazodagi yoʻli, izi.
Misollar
- Harakat trayektoriyasi. Snaryad trayektoriyam. Yerning sunʼiy yoʻldoshi trayektoriyasi. sht Jism harakatlanayotgan chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi. — "Fizika".
- Koʻp bosqichli kosmik raketa ilgari-dan qatʼiy belgilangan trayektoriya boʻyicha Oyga uchib bordi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
lot. trajectus - siljish, jilish, surilish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0