Izohli lug‘at
tub
туб
Ma’nolari
- Tag, ost.
- Tub joy Oʻzi yashaydigan yer, joy; asl oʻziga mansub joy.
- Qahhor. Oʻtmishdan ertaklar. Tub kon Yer osti koni.
- ot koʻchma Pirovard natija, oxir-oqibat; asos, zamir.
- Mohiyat eʼtibori bilan asosiy boʻlgan; asl, birlamchi.
- pgzsh. Qismlarga boʻlinmaydigan, yasa-ma boʻlmagan.
Misollar
- Paqirning tubi. Dengiz tubi. m
- Sakkiz buldozer kanal tubini oʻyib, mashina xartumiga qamrab olgan tuproqni yuqoriga surib chiqarardi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Bogʻning etak tomoni chuqur jarlik. Uning tubida.. bir tegirmoncha suv qishin-yozin toʻxtamay oqib yotadi. — M. Osim — Tilsiz guvoh.
- Tub joy itidan koʻra musofir itning quturgani yomon boʻladi.. A.
- Hozir biz asosan tub konlarni izlab topishimiz kerak, nazarimda. — S. Karomatov — Oltin qum. Tub qoʻymoq Asos olib oʻrnash-moq, barqaror joylashmoq.
- Bu qishloq suvini bir ichgan odam, tamom, shu yerda tub qoʻyib, ildiz otib ketmay iloji yoʻq. — F. Nasriddi-nov — Oltin odamlar. Tubi ochildi ayn. tagi ochildi q. tag. [ Tantiboyvachcha]
- Birinchidan, ishning tubi ochilishidan vahimaga tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Tubiga yetmoq ayn. tagiga yetmoq q. tag. Qalb (yoki koʻngil, yurak) tubi Qalbning eng chuqur, nozik yeri.
- Shu mitingda Murzin ham bor edi. Rosa quloq solib tingladi. Qalbi tubida qandaydir kuch uygʻondi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Elmu-rod uning yonida oʻtirar va bu soʻnggi kunda unga nimadir degisi kelar, lekin koʻnglining tubida yigʻilgan gaplarini ifodalashga payt ham, soʻz ham topolmas edi. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Sabr tubi — oltin. Maqol. m
- Yoʻq, oʻrtoq Nizomov, biz tavakkal qilmaymiz. Tavakkalning tubi — tosh, boshingni ursang — yoriladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Bu soʻzlarning tubida juda katta rashk borligini sezdim. — M. Qoriyev — Oydin kechalar.
- Yordamchi va shaxsiy xoʻ-jaliklarni rivojlantirish kundalik tur-mushimizning tub masalalaridan boʻlib tu-ribdi. — "Mushtum".
- Adib, hayotga faol mu-nosabatda boʻlish — yozuvchi mehnatining tub mohiyati, debhisoblagan. — Gazetadan.
- Tub soʻz. Tub terminlar. m
- Sod-da terminlar oʻz oʻrni bilan ikkiga boʻlinadi: tub va yasama terminlar. — "OʻTA".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0