Izohli lug‘at
tuban
тубан
Ma’nolari
- . Quyi, past.
- . Mavqei, xislatlari, sifati va sh.k. jihatidan quyi darajali; past, arzimas.
- . Hayot, axloq talabi nuqtai nazaridan yomon, yaramas.
Misollar
- -Xizmat? Oʻtiringlar, — aʼlam tetik, ayyor koʻzlari bilan keluvchilarga razm solib, tubanroqdan joy koʻrsatdi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Kema tuban oqib boradi, Boʻron uni qirga oladi. — E. Rahim.
- Kulmurodning bu soʻzlarini eshitgan Shokir qizarib-boʻzarib ketdi va nima deyishini bilmasdan, boshini tuban soldi. — S. Ayniy — Qullar.
- Tuban odam.
- Aqlga kelganda, mulla Sultonquldan ancha pastda, tegirmonchidan esa juda ham tuban turadi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Hayot oqimidan sokin, uning talabidan tuban yashash oʻqituvchini beobroʻ va beqadr qiladi. — R. Usmonov — Odobnoma.
- U [Fazliddin] yaqinda yana ichib kelib, onasini eng tuban haqoratlar bilan tuproqqa qorib tashladi. — M. Ismoiliy — Odamiylik qissasi.
- Giyohvandlikning qanday qilmishlarga sabab boʻlishi, fohishabozlikning naqadar jirkanch, tuban ekanligini yashirmay-netmay koʻrsatmoqdamiz. — Gazetadan.
- Boshqa iloj qolmagach, ona eng tuban va jirkanch bir "hunar"ga tutindi; doʻkondorlarga, mulkdorlarga, badavlat odamlarga yanada ziyoda davlat tilab, xayr-sadaqa soʻray boshladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0