Izohli lug‘at
tugamoq
тугамоқ
Ma’nolari
- Oxiriga, nihoyasiga yetmoq, tamom boʻlmoq.
- Oʻtib ketmoq, oʻtmoq.
- Ishlatilib, sarflanib tamom boʻlmoq.
- Yakun topmoq, tamom boʻlmok, oʻtmoq (vaqt, muddat, makon va shu kabilar haqida).
- Biror natija bilan yakunlanmoq, na-tijalanmoq.
- Barham topmoq, yoʻq boʻlmoq.
- Safdan chiqmoq, tamom boʻlmoq, oʻlmoq.
Misollar
- Savol-javob tugadi. Majlis tugadi. Chopik tugadi. yaya Oʻkish tugarmidi? Oʻla-oʻlguncha oʻkish kerak. — Uygʻun — Navbahor.
- Oʻzbek oyimning gapi tugamasdan, Kumush yana jomga intildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Voy, ish oʻlsin, uy ishi tugaydimi? — S. Zun-nunova — Yangi direktor.
- Safar tugab, kay-tish vaqti ham yetib keldi. — N. Orifjonov — Shonli avlod.
- Bomdod namozi tugagan she-killi, toʻp-toʻp odam kela boshladi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qish tugadi. Vakt tugadi. m
- Oktyabr oyi ham tugadi, oʻrik yap-rokrshri sovukda oʻynagan yosh bolaning loʻppi yuziday kizardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qudukning suvi tugadi. Ovqat tugadi. Kuch-Kuvvati tugadi. Davlat tugar, bilim tu-gamas. — Maqol. ■■
- Korsondagi kimiz tugab, shoʻrva ham ichildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hash-pash deguncha dasturxondagi burda nonlar tugab, bolalar darvoza tomon chopish-di. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Ahmad choʻntagini titkilab koʻrsa, sigareti tugabdi.. — F. Musajonov — Himmat.
- Vaq-tim tugadi. Yozgi taʼtil tugadi. yaya Sum-bula tugab, kuz boshlanayotgan edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Birinchi smena tugay deb kolganda, Saodatxon rayondan koytdi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Sayhonlik tugab, tutash bogʻlar koʻrindi. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Yoʻl tugar-u uyiga kirar Qiz zangori eshikni ochib. — X. Davron.
- Xoʻsh, chekish nima bilan tugay-di? — Gazetadan. Iskandarovning birinchi muo-malasidanok Yodgor ish yaxshilik bilan tu-gamasligiga akli yetdi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Ishning yaxshi boshlanishi uning muvaffaqiyatli tugashidan dalolat beradi. — Gazetadan.
- Savodsiz-lik tugadi. shya Oldingi arava xarsang yot-kizilgan yoʻldan tuprok yoʻlga oʻtib, qaldi-rash tugagach, aravakash orqasiga — Meʼmor-ga karab qoʻydi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Erimbet koʻkragini changallab turar-di: "Mana endi Japak tugadi! Muncha sekin yuradi bu?" — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0