Izohli lug‘at
tugun
тугун
Ma’nolari
- Arqon, ip, lenta va sh.k. narsalarning bogʻlab ulangan, tugilgan joyi.
- Oʻrab, boʻgʻchalab bogʻlangan narsa; boʻgʻcha.
- Kishi tana aʼzosida yoki boshqa narsada hosil boʻlgan tugunga oʻxshash narsa (q. tugun 1).
- Umuman, hal etilmay, ochilmay, yechilmay, "tugun holda" boʻlgan narsa.
- Tugun oshi Odatda, xudoyiga qi-linadigan chuchvarali utra oshi, suyuq osh. Xom tugun etn. Qizni yigitga unashtirish uchun birinchi marta olib boriladigan narsa-sovgʻalar.
- ad. Badiiy asarda voqeaning rivoj-lana boshlashiga sabab boʻlgan voqea, hodisa.
Misollar
- Arqonning tugunini yechmoq. Ipning uchiga tugun solmoq. Botinkaning ipiga tugun tushib qolibdi. Galstukning tuguni chiroyli chiqibdi. yashsh Uzilgan ip qayta ulansa ham, tuguni qoladi. Yurak ip emaski, qayta ulansa. — A. Eshonov — Bir ogʻiz soʻz.
- Kostyumni yechib, koʻrpachaga tashladim, galstukning tugunini boʻshatdim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qop-chigʻini yerga qoʻyib, Shakarxonga qaradi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Uzoqda, siyrak da-raxtlar bilan qoplangan qiyalikda qop va tugunlar orqalagan ikki ayol va bir cholning qorasi koʻrinib qoldi. — Oybek — Quyosh qoray-mas.
- Qambarali aka tugunni yechdi, bir dasta nuqul yuz soʻmlik pulni koʻrib, kayfi uchib ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Daryo qisqichbaqasining nerv sistemasida, chuvalchangdagi singari, yirik halqum ustki tuguni boʻladi. — "Zoologiya".
- Nerv tugunlari — oʻzaro birikkan neyron tana-chalarining toʻplamidir. — "Odamning anato-miyasi va fiziologiyasi".
- -Mu-nozaralar vaqtida koʻp mushkul tugunlar ochilib, noaniq masalalar hal etilgay, — dedi alloma boshini koʻtarib. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Mening xavotir olgan joyim shuki.. bu voqealar tuguni bir kalladan chiq-qanga oʻxshaydi.. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Akbarov, Eshonboyev, Hakimov muammosi koʻnglida tugun boʻlib turar edi, endi bunga Gavhar orqali Toshev muammosi ham qoʻshilib, tugun yanada chigallashdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Keling, arqonni uzun tashlab, sabrga erk beraylik yana. Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga yechimi ham bor-ku? — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Oyqizning psixologik holati roman markazida turgan muhim tugunki, uning yechimi uchun Oyqiz tipidagi.. boshqa bir shaxs.. ishtiroki talab qilinardi. — "OʻTA".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0