Izohli lug‘at
tumtaraqay
тумтарақай
Ma’nolari
- Tartibsiz, har tomonga toʻzgan holda (asosan, qochish, ketish, toʻzish harakati haqida).
- Tumtaraqay boʻlmoq Tumtaraqay holga tushmoq, har tomonga qochish, ketish hola-tiga tushmoq.
Misollar
- Eshik ochilishihamon bolalar tumtaraqay qochib ketishdi.. — I. Rahim — Zangori kema kapitani.
- Qalʼani ihota qilib turgan navkaru yasovullar har tomonga tumtaraqay qochib ketishdi. — M. Osim — Oʻtror.
- Birpasda darvozaxona boʻshab qoldi. Qalandarlar moʻr-malaxday toʻrt tomonga tumtaraqay boʻldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tong otganda kimdir: "Yogʻiy bosdi!" deb qichqirdi-da, tura qochdi. Uyqusiragan odamlar vahima ichida tumtaraqay boʻlab ketdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar. Tumtaraqay qilmoq Har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etmoq, toʻzitmoq.
- Tran-sheyaga kirib qolgan gitlerchilar madad-korlarimiz zarbasidan tumtaraqay qilib yuborilgan edi. — N. Safarov — Olovli izlar. - Tur oʻrningdan! —
- deb qoldi Poshsha xola Umidning xayollarini.. tumtaraqay qilib. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0