Izohli lug‘at
tuproq
тупроқ
Ma’nolari
- Yerning kovlash, chopish, hay-dash, ezilish va sh.k. natijasida hosil boʻlgan yumshoq qismi, qatlami.
- Yer qobigʻining oʻsimlik rizq olib oʻsadigan ustki qatlami; yer.
- Oʻlgan kishining xoki; xok. \Qurbon ota:\ "Bir siqim tuprogʻim begona yurtda qolib ketmasa ekan", degan oʻyga bordi. A. Qaxxor, Toʻy.
- Maʼlum yurt, oʻlka, mamlakatga qarashli hudud. Hozirgi Oʻzbekiston tup-rogʻida yashagan qadimgi xalqlar oʻzlarining mustaqil, boy madaniyatlariga ega boʻlgan-lar. K. Yashin, Hamza. Ular endi Movaroun-nahr tuprogʻida edilar. Bu roʻyi zamin dunyo-dagi eng goʻzal va eng muqaddas mamlakat edi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- (Bu yerning) tuprogʻi ogʻir Bu yerni tashlab ketish oson emas, bu yerni tashlab ke-tishga hech kimning koʻzi qiymaydi. Tuproq bilan teng qilmoq Juda pastga urmoq, qadr-qimmatini yerga urmoq. Men hali kelib-ke-lib odamgarchilikni, diyonatni, nomusni tup-roq bilan teng qilgan sizday razil, xotin-furush, qoʻshmachilar oldida shunchalik past tushdimmi ?! Hamza, Boy ila xizmatchi.
- —Oʻzbek tilining izoxdi lugʻati
Misollar
- Bir hovuch tup-roq. Tuproq uyumi. Oʻrani tuproq bilan koʻ-mib tashlamoq. Tuproq olsang, oltin boʻlsin. — Maqol. n
- Chuqurliklardan irgʻitilayotgan tuproq okoplarning chap qirgʻoqlarida togʻ boʻlib koʻtarilmoqda. — I. Rahim — Chin muhab-bat.
- Boʻsagʻani toʻrt enlik tuproq qoplagan. — S. Siyoyev. Yorugʻlik.
- Qora tuproq. Qumloq tuproq. Tuproq xaritasi. Tuproq-iqlim sharoiti. v Mirzachoʻlning tuprogʻi Boʻlar yoshlikning bogʻi, Toshar sevgi bulogʻi, Toʻldirib dil jomimni. Yo. Mirzo.
- Sharoit-ga qarab paykallarga chigit suvi bershmpti, chunki tuproq qatlamida nam ancha kamayib qoldi. — Gazetadan.
- Tuproq — hosilning negizi, qiiioq xoʻjaligi ishlab chiqarishining tabiiy shart-sharoitlaridan va yagona vosi-talaridan biri. — "Fan va turmush".
- Qoʻsh-ni xalqlarga bosqinlar uyushtirdi, oʻzga yurt-larni vayron etdi; oʻsha xalqlarning asrlar davomida vujudga keltirgan madaniy boy-liklarini tuproq bilan teng qildi. — S. Karomatov — Oltin qum. Tuprokdan tashqari Oʻl-may, hayot holda.
- Yar&shrimning hammasi ham uncha ogʻir emas, mana, tuproqdan tashqari yuribman. — "Sharq yulduzi". Tuproqqa topshirmok Dafn etmoq, qabrga koʻymoq.
- Oʻgʻli Shod-monbekning Fargʻona jangidan qaytmagani, uni oʻz qoʻli bilan tuproqqa topshirgan Ni-zomiddinning ham tuproqqa qoʻshilib ketga-ni yomon iz qoldirgan bu ustalar xonadonida anchadan buyon xafaqonlik, motamsarolik hukm surardi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Tuprogʻi so-vimasdan Vafot etganiga koʻp vaqt boʻlmay. Qanday ota u.. Oyimning tuprogʻi sovimas-dan choʻri qizga uylanadimi? Oybek, Tanlangan asarlar. Tuprogʻi tortmoq Tugʻilib oʻsgan (oʻz) joyi undamoq, jalb qilmoq. Bu ishlar — xudoning ishi, xaloyiq, Yo tupro-gʻim, non-nasibam tortgandi, Elni yigʻing, yuring, jovliq ketamiz. "Yusuf va Ahmad". Tuprogʻi shu yerdan olingan Asli shu yerning odami, shu yerning oʻziniki degan maʼnoni qayd etadi. -Doʻsmatov oʻzimizniki, — dedi Sotvoldi, — Doʻsmatovning tuprogʻi shu yerdan olingan. Hech qayoqqa ketolmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Tuprogʻini yalamoq Maʼlum joy, hududda koʻp yillar muqim boʻlmoq. ..xalqimning zulmatli kechasida loaqal jin-chiroq boʻlarmikanman, deb Madrasa tuprogʻi-ni olti yildan beri yalab keldim. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
Kelib chiqishi
((OʻTEL|I|TUPROQ ol yerning mayAa kunun holati'. T u p - xam p,T' OLtÏN boʻLSiN (Auo)' KaAimgi 4kiy tilda ham shundai maʼnoni anglatgan bu ot asli toppakSh 29? t 432: AS 575)’ tupW (Devon, “ 133 4R3?I1, 29) tarzida talaffuz qilingan. Oʻzbek tililya suzning birinchi shakli tarkibidagi o unlisi u unli-SIGa' Ch W Undoshi oldidagi a unlisi U^lisigG^-mashgan: tupraq (tupragʻ) > tuprâq (tuprâgʻ)TsGGi to-purgʻon (576- bet), КРСdagi topurak (££- bet) syGaoi -D,n kurinib zuribdiki, topuraq ota toGG HOLa™Ga kelti^’ maʼnosini anglatgan topur- feʼlidan (ДС, 575: topray-, toprash-) -Ga)k qushimchasi bilan yasalgan, keyinchalik ikkinchi ugʻindagi tor unli talaffuz qilinmagani natijasida topraq shakli yuzaga kelgan: topur- + aq = topuraq > topraq. Bu ot soʻzlashuv nutqida turpâq tarzida ham talaffuz qilinadi, bunda pr undoshlari oʻrin almasha — di: tuprâq > turpâq.))
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0