Izohli lug‘at
tushmoq
тушмоқ
Ma’nolari
- Yuqoridan, balanddan yoki biror narsa ustidan pastga tomon harakat qilmoq; yoʻnalmoq.
- Chiqib joylashgan, oʻtirgan, boʻlgan joyini tark etib, yerga inmoq.
- Oʻz joyidan chiqmoq, koʻchmoq; chiqib, koʻchib joyidan ketmoq, yoʻq boʻlmoq.
- Mansab, lavozim va shu kabilardan ketmoq, boʻshamoq.
- Mavqe, daraja, qiymat jihatdan darajasi pastlashmoq, boʻshashmoq.
- Quyi tomon yoʻnalmoq, quyi satxdan joy olmoq.
- Sathning biror tomoni, oʻrnidan joy olmoq, unda boʻlmoq.
- Turli tomosha va b. boʻladigan, koʻriladigan joyga kirmoq.
- Davolanish, axloq tuzatish maskanga olinmoq, unda boʻlmoq.
- Quyi tomon yoʻnalib, osilib, sathning maʼlum nuqtasiga yetmoq, oʻsha oʻrinda turmoq.
- Kelin boʻlmoq; erga tegmoq, kuyovga chiqmoq.
- O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan ish, harakat, narsani bajarmoq, qilmoq maʼnosini bildiradi.
- Shaxs (kimsa)da shu feʼl birikkan soʻz bildirgan holat yuz berishi, uning shunday vaziyatda qolishi maʼnosini bildiradi.
- Borliqda shu feʼl birikkan soʻz anglatgan narsaning yuzaga kelishi, boʻlishi maʼnosini bildiradi.
- Biror ish, manbadan qoʻlga kirmoq, kelmoq (pul, daromad kabilar haqida).
- Maʼlum narsa, harakat-holatning biror kimsa yoki narsa uchun shu feʼl bogʻlangan soʻz anglatgan maʼnoda boʻlishini bildiradi.
- Shaxs uchun biror narsa qandaydir qiymat, miqdor bilan tegmoq, qoʻlga kirmoq, toʻgʻri kelmoq.
- Urilmoq, tegmoq (biror narsa bilan boʻlgan zarb haqida).
- Paydo boʻlmoq, yuz bermoq.
- Barpo etilmoq, qurilmoq.
- Band holatga duchor boʻlmoq, ilinmoq.
- Olinmoq, berilmoq (xat, ariza va shu kabilar haqida).
- Oʻzga uchun sarf-xarajat qilmoq, shunday sarf-xarajatga ilinmoq.
- Harakatning qoʻqqisdan, kutilmaganda bajarilishi maʼnosini bildiradi; maʼnoni kuchaytiradi.
Misollar
- Yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, yoʻlda bittasi paydo boʻlib qolsami?! — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv
- Mashina shundoqqina Mengliboyning yoniga kelib toʻxtadi-yu, undan eshikni tarsillatib ochib, Hazratqul bilan Temurlang tushdi. — Said Ahmad — Yulduz
- Sen baland togʻ uzra erding misli ohu yoki qush, Yolvorib men pastda derdim: Bir nafas yonimga tush. — Erkin Vohidov — Muhabbat
- Samolyotdan tushmoq.
- Aravadan tushmoq.
- Tomdan tushmoq.
- Avtobusdan tushmoq.
- Kechirasiz, qayerda tushmoqchilar? — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- Vagondan eng keyin tushgan.. Ahmadjon: -Stroy [saf] boʻlmasdan shunday ketaversak boʻlmasmikan, - dedi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- Sochi tushmoq. Ilonning poʻsti tushibdi. Molning tuyogʻi tushibdi.
- Buning ustiga uning [Nafisaning] tishi tushgan - bu homilador vaqtida sodir boʻlgan edi. — Mirmuhsin — Topilgan husn
- [Yara] Usti qora qoʻtir boʻlib qotadi, u tushib ketgandan soʻng, yana teri asli, sogʻholiga qaytadi. — Gazetadan
- Men xizmatdan tushgandan soʻng piyoda yurish yaxshi boʻladimi? — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- ..ikki haftadan soʻng boʻshashganicha qaytib keldi.. -Oq poshsho taxtdan tushgani bilan, oq amin aminligidan tushmapti, - dedi. — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Mana, mudirlikdan tushdi-yu, xiyla odamshavanda boʻlib qoldi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Shashtidan tushmoq.
- Hovridan tushmoq.
- Qadri tushmoq.
- Ruhi tushmoq.
- Fakultetimiz institut boʻyicha umumiy roʻyxatda beshinchi oʻringa tushib qolibdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Dunyo bozorida terilarimizning narxi tushmasa deyman. — Said Ahmad — Yulduz
- Shaharga tushmoq.
- Bozorga tushmoq.
- Yerga tushmoq.
- Ular.. majnuntollar orasidan oʻtib, soyga tushdilar. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Kampir javob boʻlmaganidan hayron qoldi shekilli, zinalardan avaylab qadam bosib, hovliga tushdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Yalpi shovqin bilan "tortishmachoq" boshlandi: qiz tomondan gumbazdek yum-yumaloq xotin belini belbogʻ bilan mahkam bogʻlab, oʻrtaga tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Eshqobil bunaqa davralarga koʻp tushgan. — M. Hazratqulov — Jurʼat
- Shamsi Toʻrayevich uning gaplariga quloq ham solmasdan, oldinga tushgancha loʻmbillab ketaverdi. — N. Aminov — Suvarak
- Teatrga tushmoq.
- Sirkka tushmoq.
- Stadionga tushmoq.
- Ular faqat bir marta kinoga tushishdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- U hordiq oqshomi hammomga tushditushmoqyu, xodmigarlardan biriga haligi soʻrogʻini berdi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Qamoqqa (turmaga) tushmoq.
- Milisaga tushmoq.
- U faqat bir narsani - otasi kasalxonaga tushganini onasiga bildirmaslikni oʻylardi, xolos. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Ehtimol, koʻp ichib qoʻyib, hushyorxonaga tushgandir. — "Mushtum"
- Gavharning egnida guldor koʻk koʻylak.. qop-qora, uzun sochlari taqimiga tushib turibdi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- ..Hirot yigitlariga xos ixchamgina salla oʻrab olgan, sallaning zar chiziqli pechi yelkasiga tushib turar edi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Yoqimli sadoning sehriga berilib, koʻzlari sekin yumildi, boshi yana quyiroq tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Singlim tushgan yerlarga Oy boʻlayin, yor-yor.. — "Qoʻshiqlar"
- U kishi mening yangam boʻladi, akamga tushgan. — "Guldasta"
- Hoy, Toʻraxon, Teshaboyga tushganingizga ham uch yil boʻp qoldi shekilli. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Gapga tushmoq.
- Maqtanishga tushmoq.
- ..havaskor hofizlar qoʻshiq aytdi, shoʻx yigitlar oʻyin tushdi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina
- Kechashr tongotarga qadar Halimaxon qoʻshiq aytib, Tamaraxon raqsga tushgan joylarda boʻldik. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Sarosimaga tushmoq.
- Dahshatga tushmoq.
- Talvasaga tushmoq.
- Hayratga tushmoq.
- Bu manzarani koʻrib turgan xaloyiq bir lahza hayajonga tushib, sarosimalanib qoldi. — Komil Yashin — Hamza
- Bashirjon ham akaxonining bu sukutidan noqulay ahvolga tushib, lom-lim demay, unga zimdan bir qarab qoʻydi-da.. — N. Aminov — Suvarak
- Oqshom tushib, ziyofat yarimlaganda, hovliqib hudaychi kirdi. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Oraga bir lahza jimlik tushdi. — Saida Zunnunova — Yangi direktor
- Ular sovuq tushib qolmasdan koʻzlagan manzillariga yetish uchun tolmas qanotlarini betinim silkitardilar. — Gazetadan
- Tuzukkina tushib turadi, yashirishning hojati yoʻq. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv
- Oshihalolga tushadigan ovqat ortib qola boshladi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Oʻgʻlimning qoʻliga pul tushdi deguncha yeb qoʻyadi. — "Mushtum"
- Yulduzingiz naq bir-biringizga toʻgʻri tushgan ekan, ikkingizning ham bir-biringizdan kamligingiz yoʻq! — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Bu yosh yigit, dunyoda muhabbatni har qanday qulfga tushadigan kalitga aylantirib olgan xotinlar ham borligini bilib qoʻysin.. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Uning surati ham asosiy maqsadga, Alisherning tabiatiga xoʻb muvofiq tushadi. — Oybek — Navoiy
- Sarf-xarajat esa oltinning oʻzidan ham qimmatga tushayotgan edi. — S. Karomatov — Oltin qum
- Lekin oʻsha oʻtni sigirga yedirib, qachon sut boʻlishini poylab oʻtirgandan koʻra, oʻtning oʻzidan olsa, ham arzon, ham oson tusharkan. — Shukrullo — Saylanma
- Oʻziyam [beda] suv tekin tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Shu shovqin-suron orasida Bektemirovning qorni va beliga bir-ikki tepki tushdi. — Said Ahmad — Hukm
- Birdan yelkamga tushgan mushtdan uygʻonib ketdim. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Uning shapalogʻi sharaq etib Gʻulomning chap yuziga tushdi. — M. Hazratqulov — Jurʼat
- [Madrimboyning] Sariq-qoʻngʻir choʻqqi soqoliga birdan oq tushdi. — Jumaniyoz Sharipov — Xorazm
- -Jin-pin urganmi seni? - Ahmad brigadirning yuragiga gʻulgʻula tushdi.. — Samar Nurov — Narvon
- Suv qoʻyibman jiyda maydon burchiga, Xol tushibdir kelinchakning yuziga.. — "Qoʻshiqlar"
- Bu fojia katta kemaga tushgan darzga oʻxshardi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Yertoʻlalar birin-ketin yoʻqolib, oʻrniga uylar tusha boshladi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Sidiqjonning diqqati.. terib qoʻyilgan son-sanoqsiz gʻishtga jalb boʻldi.. "Shu yerga maktab tushadi" [dedi xotin] — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Kanal tushmasdan ilgari bir odam Shahrixondan tuxum koʻtarsa, Uchqoʻrgʻondan koʻrinardi, shundoq yaydoq edi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Tuzoqqa tushmoq.
- Qopqonga tushmoq.
- Toʻdadan ajralgan toʻrga tushar. — Maqol
- Bobur Shayboniyxonning qoʻliga tushsa, tirik qutula olmasligini biladi. — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar
- Orqa tomonidan oʻq yogʻdirilayotganiga Durdi qilich hayron: "Nahotki qurshovga tushib qoldik", deb garang edi. — Jumaniyoz Sharipov — Xorazm
- Tinglovchilardan savol tushdi.
- Iltimos tushdi.
- Taklif tushdi.
- Oradan koʻp oʻtmay.. redaksiyaga shunday xat tushdi. — "Mushtum"
- Majshsga.. yana oʻn toʻqqiz kishidan ariza tushdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Xotin kishi eriga xushomad qildimi.. bilingki, kattaroq bir narsaga tushirmoqchi. — Sa’dulla Siyoyev — Otliq ayol
- ..hali bitta morojniy emas, limonadga ham tushasiz.. — Mirmuhsin — Umid
- Choʻchib tushmoq.
- Qoqilib tushmoq.
- Bu soʻzlar unga yoqib tushdi.
- -Ahmadjon ogʻa, - deb chaqirganini eshitdi. Yuragi bir sapchib tushdi. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Uning kattagina moʻylovi, qop-qora qoshi oʻziga yarashib tushgan. — H. Shams — DushmanAsir tushmoq - bandilik holatida boʻlmoq, dushman qoʻliga tushmoq.Ayri tushmoq - ayri.
- Koʻzi xira tortib borardi, Ayri tushib yorugʻ olamdan. — Xurshid Davron — Bolalikning ovoziBosh(i)ga tushmoq - 1) qismatda toʻgʻri kelmoq, xohish-ixtiyordan tashqari hayotda duch kelmoq, toʻgʻri kelmoq.
- Boshga tushganni koʻz koʻrar. — Maqol
- Nizomjon oʻz boshiga tushadigan savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. — Said Ahmad — Ufq
- Dunyoning ishlari shunaqa ekan, doʻstim. Boshingizga tushgan ishlarning hammasidan xabarim bor. — Komil Yashin — Hamza 2) boʻyniga tushmoq.
- Oʻn besh yashar chogʻimda, Roʻzgʻor boshimga tushdi. — "Oq olma, qizil olma"Boʻyniga tushmoq - boʻyin.
- Shunday qilib, movut mening boʻynimga tushib turibdi, deng?! — Saida Zunnunova — Yangi direktorYodiga tushmoq - xayolida (yodida) qayta tiklanmoq.
- -Onamni xafa qilganim yodimga tushdi, - dedi xotini yana koʻziga yosh olib. — "Guldasta"Yoniga tushmoq - 1) yoniga oʻtmoq.
- ..koʻzlarini yerga bir lahza qadab turdi-da, keyin shartta haligi yigitning yoniga tushib, oʻynab ketdi. — Komil Yashin — Hamza 2) tarafini olmoq, himoya qilmoq, yonini olmoq (yana yon).Zimmasiga (yoki boʻyniga, gardaniga, yelkasiga, ustiga) tushmoq - zimma.
- Toʻydan keyin boybuvaning xizmatini ikki kishilashib qildi: tashqaridagi yumushlar Xolboyning, ichkaridagilari esa yangi kelinchak zimmasiga tushdi. — Komil Yashin — Hamza
- Shartnomamazmuniga koʻra, sizning gardaningizga tushadigan bir koʻp chiqimlarni men oʻz zimmamga oldim. — Oybek — Tanlangan asarlarIzga tushmoq - iz.
- Shu tariqa maktabda oʻqish-oʻqitish ishlari mustahkam izga tushib ketdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaIziga tushmoq - iz.
- Keyin hayot yana oʻz iziga tushadi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Demak, Badianing iziga tushganlar bor ekan, boʻshasa, uning qiz bola ekanini avliyodan boʻlak hech kim bilmas edi. — Mirmuhsin — MeʼmorIshga tushmoq - yangidan yoki maʼlum muddat oʻtkazib qaytadan ishlay boshlamoq.
- Zavod ishga tushdi.Ishi tushmoq - ish.
- Odamzodning hamma vaqt bir-biriga ishi tushib turadi. — Saida Zunnunova — Yangi direktorIchi tushgan - pishib oʻtib ketgan, pula (asosan qovun haqida).
- Tanishimning oʻgʻli boʻlganing uchun ham siylab, qovuningni oldim.. Bari yoʻlda urinib, ichi tushgan. — S. Anorboyev — HamsuhbatlarIshqi tushmoq - ishq.
- Buning chiroyliligiga Tojiboy oqsoqolning ham ishqi tushib qolgan. — Parda Tursun — OʻqituvchiYoʻlga tushmoq - yoʻl.
- Yuk mashinasi changni ikkiga boʻlib, yoʻlga tushdi. — N. Qobil — Bemorlar
- Uni birov aynitdimi, mehnatdan sovib.. sayoqlik yoʻliga tushdimi, bilmayman. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Savodsizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib oldi. — Komil Yashin — HamzaKoʻngli joyiga tushmoq - koʻngil.
- Uning kulayotganini koʻrib, Zoyirjonning koʻngli joyiga tushdi shekilli, qarshisidagi stulga oʻtirdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Endi singlingning akasini topib kel, oʻrgilsin onang. Koʻrsatmasang, koʻngli joyiga tushmayapti. — Nazir Safarov — Olovli izlarNazarga tushmoq - eʼtibor qozonmoq, nazar-eʼtiborda boʻlmoq.
- Intizomi yaxshi, ishiga ham bajonidil kirishadi-yu, nazarga tushmaydi. — Shuhrat — Jannat qidirganlarNazardan tushmoq - nazar-eʼtibordan qolmoq, obroʻ-eʼtiborini yoʻqotmoq.
- Dastlabki kunlarda qishloq aholisining diqqati jalb boʻlgan yangi domla bora-bora nazardan tushib qoldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariTerga tushmoq - ter bosmoq, qattiq terlamoq.
- Otlar terga tushib, kishnaganlaricha yiqila boshladi.. — Mirkarim Osim — Ajdodlarimiz qissasiTil(i)dan tushmaslik - biror kimsa yoki narsa haqida doim gapirmoq, esga olib gapirmoq.
- Fattoh polvonning qizi Hurixon koʻzga chalinib, qirqbuloqlik yigitlarning tilidan tushmay qoldi. — A. Eshonov — Bir ogʻiz soʻz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0