Izohli lug‘at
tushuncha
тушунча
Ma’nolari
- Narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini, aloqa va munosabatlarini umumlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur; tafakkur shakli.
- Umuman, narsalar, hodisalar haqida-gi tasavvur, tushunish.
- Onglilik darajasi, ong.
- Insonning bilim va tasavvurlari darajasi; saviya.
Misollar
- Soʻz turkumlari haqida tushuncha. Materiya haqida tushuncha. Qoʻshimcha qiymat tushunchasi.
- Qishloqqa yangi za-monning yangi odamlari kelar va.. yangi nom, yangi tushuncha olib kedadilar. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Keyingi kunlar uning [Abdulahad-ning] hayot haqidagi barcha tushunchalarini ostin-ustun qilib, oʻzgartirib yubordi. — A. Muxtor — Chinor.
- Xalq tushunchasicha, hajga borib, "tabarruk" boʻlib kelgan kishining qoʻlidan bu xil pastkashliklar kelmas, agar kelsa, u asl hoji emas, yolgʻon hoji deb qa-ralar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Siyosiy tushuncha. m
- Bizning maqsadimiz — kishilarga ong, tushuncha bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oqu qorani oʻzi aj-rata oladigan boʻlsin! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Tushunchasi past odam.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0