Izohli lug‘at
tutun
тутун
Ma’nolari
- Biror narsa yonganda, havoga ajralib chiqadigan mayda zarralardan iborat gazsimon moddalar majmui.
- Tutun puli Xonadon egasidan yashab turgan joyi uchun olinadigan soliq.
Misollar
- Papiros tutuni. Uy tutunga toʻldi. Tutun osmonga koʻtarilib ketdi. n
- Uylarning moʻrisidan tutun chiqar buralib. — Uygʻun.
- Bir vaqtlar turli ranglar bilan boʻyalgan uyning shift-lari otashdonda yoqilgan oʻt tutunidan xiralandi. — H. Shame — Dushman.
- Jiqqahoʻloʻtin yolgʻiz "pirs-pirs" qilib, achchiq zahar tutun buruqtiradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻzing-ni bos, Jalomboy, seni hech kim hayda-maydi. Onangga men pul yuboraman, mayli, "tutun puli"ni toʻlasin. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi. Tutun qaytarmoq dagʻl. Buyurilgan, qilingan ish yoqmasligini bildiruvchi qoʻpol gap-soʻz qilmoq.
- Mollar, molxonalar joyidami ? Yana Gavhar poshsha, u na boʻlmapti, buna boʻlmapti, deb tutun qaytarib yurmasin. — "Mushtum".
- E, tuzlamay qurib ket., oʻshaning uchun rosa tutun qay-tarib yotgan ekan-da. — K. Yashin — Hamza. Tutuni (osmonga) chiqmoq Jahli, gʻazabi qoʻzgʻamoq. -Iya, boyatdan beri qulogʻingga tanbur chertyapmanmi, — jahl bilan dedi Ostonaqul, —
- shunga tutunim chiqib yonib yotibman-da. — S. Abduqahhor — Sanamay sak-kiz dema.
- Fashistlarning beva-bechoralar-ga berayotgan mislsiz azoblarini koʻrganda, Oʻrinboyning tutuni osmonga chiqadi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0