Izohli lug‘at
tuxum
тухум
Ma’nolari
- Urgʻochi parranda, toshbaqa va b. baʼzi hayvonlarnnng bola ochish uchun qoʻyadigan, qobiq bilan oʻralgan jinsiy yumurtqasi va shu narsa — tarkibida barcha oziq moddalariga ega boʻlgan taom mahsuloti sifatida.
- Anqoning tuxumi q. anqo.
- Jinsiy hujayra.
- bot. Urugʻ.
- Nayel, avlod, zurriyot, zot.
- Tuxmi odam (yoki inson) Odam zoti. Sultonim, bir kun boʻlgan odam, bir kun oʻla-di, tuxmi odam boshida shu savdo bor. "Gu-lixiromon". Tuxumini quritmoq (yoki qir-moq) Butunlay yoʻq qilmoq.
- Umuman, yuzaga keltiruvchi narsa, urugʻ.
Misollar
- Tovuqning tuxumi. Oʻrdakning tu-xumi. Tuxum qilmoq. Qovurilgan tuxum. Tuxum yutmoq.
- Nimasini su-rishtirasiz, mulla aka, xoʻjayinlar orasi-dan epaqaga keladiganini qidirish anqoning tuxumini qidirish bilan barobar ekan.. — Oybek — Tanlangan asarlar. Tuxum bosmoq 1) tuxum qilish uchun moyak ustida oʻtirmoq.
- Bundan rosa un yil burun mana shu boloxo-nadagi qaznoqda tuxum bosib yotgan farangi tovuq birdaniga qoqolab, tom orqasiga — Sobirjon qorinikiga uchib tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) joʻja ochish uchun maʼlum vaqt tuxumlarga bagʻrini berib yotmoq.
- Soʻrining burchagiga in qurgan musichaning tuxum bosib yotganini kuzatdi. Gazetadan; 3) hech bir ish qilmay, uydan eshikka chiqmay yotmoq, loqayd yura-vermoq.
- Rahim tagʻin chetga surilardi, balki yana chakagini bogʻlab, uyda tuxum bosib qolardi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar. Tuxum bostirmoq Joʻja ochib chiqarsin uchun, kurk boʻlgan tovuqning ostita tuxum qoʻymoq.
- Komiljon bostirgan tuxumlar joʻja boʻl-may, palagʻda chiqib qoldimi ? — I. Rahim — Ixlos. Tuxum ochmoq Tuxum bosib yotib, joʻja chiqarmoq. Tuxum urishtirmoq (yoki oʻynamoq) Pishgan tuxumlarni bir-biriga urib, kim-niki sinmay qolishga oʻynamoq.
- Ikki ariq-ning atrofiga choyxonalar ochilardi.. Qi-morbozlik boʻlardi, mozorlardan shayx va qalandarlar kelardi.. tuxum oʻynashardi, soʻngra mastbozlik. — I. Rahim — Ixlos. Tuxum-ga kirmoqTuxum qila boshlamoq.
- Tovugʻimiz tuxumga kirib qoldi. Tuxumdan chiqmoq 1) guxum qilmay qoʻymoq; 2) tuxumni yorib chiq-moq, joʻjalamoq. Tuxumi ogʻziga kelmoq (yoki tiqilmoq) Juda ziq, tang ahvolda qolmoq.
- Oxiri tuxum ogʻziga kelganda, "ha boʻl, ha boʻl"ga tushib, shoʻr yerning yarmini ham yuvol-madik. — "Mushtum".
- Tuxum yoʻli. Tuxum hujayrasi.
- Oshqovoqning tuxumi.
- Tuxumi qurigan hayvonlar. n
- Koʻk qurt! Yomon ofat. Gʻoʻzaning zavoli. Tezda tuxum-tu-xumini quritish kerak. — R. Azizxujayev — Yashil chayla.
- Oʻlsam oʻlayin, odam tuxumidan qoʻrq-mayman. — "Oysuluv".
- Agarda najo-timiz qipchoq tuxumini quritishda boʻlsa, meni ham ossinlar! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. U [
- Davlatyor] figʻon chekayotir: -Seni oʻldirganning tuxumini qiraman, akajonim! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Agar siz nafsilamrga qarasangiz, ikki xalqni bir-biriga sovuq koʻrsatib, adovat tuxumini sochib keluvchi bir necha-gina odam bor.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
\f. chtuxum - urugʻ, tuxum; avlod, nayel; sperma
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0