Izohli lug‘at
tuya
туя
Ma’nolari
- Bir yoki ikki oʻrkachli, juft tuyoqli, asosan, yuk tashish uchun xizmat qiladigan, suvsizlikka chidamli sutemizuvchi ish hayvoni.
Misollar
- Tuyalarni haqli ravishda sahro kemalari deb atashadi. — Gazetadan
- Bazi kunlari [Yoʻlchi] koʻmir saroyga tushib, koʻmir, tappi, xashak keltirgan qozoqlarning tuyalarini xaridorning uyiga yetaklaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Suvsizlikni tuya koʻtaradi.. — Abdulla Qahhor — MastonBaqiroq tuyaning bori yaxshi - oila, jamoa kabilarda tergab, kutkilab yoʻlga solib turadigan ota-ona, rahbar, yoshi ulugʻ kishiga nisbatan qoʻllanadigan maqol.
- Baqiroq tuyaning bori yaxshi, deydilar. Ota-ona borligida bolalar bir-birlari bilan ahil boʻladilar.. — I. Ahmedov — Ogʻir operatsiyaKambagʻalni tuyaning ustida it qopar - kambagʻal, nochor shaxsning ishi yurishmasligi, har qanday sharoitda ham unga nimadir pand berishini bildiradigan maqol.
- Kambagʻalni tuya ustida it qopsin ekan-da?! — Mushtum"Nonini tuya qilmoq - birovning narsasi, ulushi va shu kabilarga sherik boʻlmoq, undan oʻmarmoq.
- Ishonamizki.. goʻdaklar nonini tuya qilib kelayotgan Unsin Boltaboyevani ogʻir tashvishdan tez xalos etib, u bilan uzil-kesil gaplashib qoʻyadigan mardi maydon topilur. — Sh. Tohirov — Teshik tomoq
- Qachongacha mahalla hisobiga kayfu safo qilib, xalq nonini tuya qiladilar. — GazetadanOt bilan tuya boʻlarmidi - u qadar katta, koʻp emaslikni bildiruvchi ibora (summa, narsa haqida).
- Jonfigʻon mukofotni oʻz gazi bilan oʻlchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi - olgan mukofotiga "ot bilan tuya boʻlarmidi", debdi. — Abdulla Qahhor — Qanotsiz chittakTuya goʻshti yegan - biror ish, narsaning bitishi, amalga oshishi juda sudralishi, choʻzilishini qayd etuvchi ibora.
- Tuya goʻshti yegan teatr. — "Mushtum"Tuya koʻrdingmi - yoʻq - koʻrmoq.
- Tuya boʻlsa ham, dumini koʻrsatmay yutib yuborib, tuya koʻrdingmi - yoʻq, deb bezrayib turaveradiganlar chiqib qoldi. — "Mushtum"Tuya choʻksa, joy topar Oʻtiruvchilar tigʻiz, zich boʻlgan holat-larda yana boshqa kimsa oʻtirishni xohlasa, joy topilishini, sigʻishini qayd etuvchi ibora.
- Eshikdan birin-ketin odamlar kirar.. soʻngra "tuya choʻksa, joy topar" qilib, u yer— bu yerga siqilib oʻtirardilar. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Tuya hammomni havas qilganday Oʻziga xos va mos boʻlmaydigan, yarashmay-digan urinish, intilish, orzu qilish ho-latiga nisbatan qoʻllanadigan ibora.
- Tuya hammomni havas qilganday, senga kim koʻyib-di bunday ishlarni. yaya Raisliging oʻzingga buyursin. Men tuya emasmanki, hammomni orzu qilsam. — T. Malik — Ajab dunyo. Tuyani yutib, dumini koʻrsatmaydi Har qanday katta (koʻp) narsani ham oʻzlashtirib, undan nishon, iz qoldirmaslikni bildiruvchi ibora.
- Hoziru tomogʻining qurtini oʻldirish uchun tuya boʻlsa ham, dumini koʻrsatmay yutib yuborishdan toymaydi. — "Mushtum".
- Tuyani yut, lekin dumi ogʻzingdan koʻrinib turmasin. — Oybek — O.v. shabadalar. Tuyaning dumi yerga tekkanda (yoki yetganda) Roʻyobga chiqmaydigan, amalga osh-maydigan ish, quruq vaʼda ekanlikni bildiruvchi ibora.
- Hasan soʻfi: -Suv chiqadi-yu, lekigin boyga yarasha chiqadi. Bu suvdan bizga tuyaning dumi yerga yetganida tegadi, - dedi. — M. Ismoiliy — Fargona tong otgunchaHayt degan tuyaga mador Kichikkina hissa, hatto bir ogʻiz soʻz ham yordam boʻlishini qayd etuvchi maqol.
- Ish sensiz toʻxtab qolmaydi, ammo hayt degan tuyaga mador, - dedi.. — A. Muhiddin — Inson qalbi otash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0