Izohli lug‘at
ufq
уфқ
Ma’nolari
- Ochiq joyda osmon bilan yerning yoki suv sathining koʻz ilgʻagan uzoqlikda oʻzaro tutashganday, yer bilan osmon qoʻshilganday boʻlib koʻringan chizigʻi, qismi; gorizont.
Misollar
- Gʻarbiy ufqda samolyotlar paydo boʻldi. Quyosh ufqqa yashirindi.
- Ufqni oʻz gavdasi bilan toʻsgan past-baland togʻlar qop-qorayib.. koʻrinadi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
- Kech kirib, quyosh gʻarbga yonboshlagach, ufq qip-qizil alanga ichida qolganday boʻldi. — J. Sharipov — Saodat.
- Endi-endi ufq yorishmoqda. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
Kelib chiqishi
arab. – yer va osmon tutashgan chegara; gorizont; istiqbol
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0