Izohli lug‘at
umr
умр
Ma’nolari
- Tugʻilgandan to oʻlgungacha boʻlgan davr, yashash mudsati, shu muddat davomida-gi hayot, yashash.
- Umuman, hayot, yashash.
- Bir umr Umr davomida, umr boʻyi.
Misollar
- Uzoq umr koʻrmoq. Umrining oxiri. Semiz qoʻyningumri kalta. — Maqol. n
- Hazratim, men mungli qizingiz sizga xudo-dan Shayx Saʼdiyning umrini tilabman! Ilo-him, yuzga kiring! — P. Qodirov — Yulduzli tun-lar.
- "..saxovatli Meʼmor hazratlarining umrlari uzoq boʻlib, doimo sihat-salomat boʻlsinlar", deb duo qilardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Shunday koʻrkam, dono, tadbirli xotinning umri ersiz oʻtib ketayotganiga baʼzilar achinsa, baʼzilar taajjubda edi. — H. Shame — Dushman.
- Insonga umr bir marta beriladi. Ichkilik — umrning egovi. Sogʻlik — umrning garovi. Birovga oʻlim ti-laguncha, oʻzingga umr tila. — Maqol.
- Boy-lik botqoqqa oʻxshagan narsa. Domiga bir tortsa, bir umrga gʻarq boʻlib ketishing turgan gap. — F. Musajonov — Himmat.
- Zarga-rov ham bir umr kutgan.. — A. Muxtor — Boʻ-ronlarda bordek halovat. Umr bersa Yashat-sa.
- Xudo umr bersa, yoʻling hali olis. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Umr boʻyi ayn. bir umr.
- Sun-natullo maxsum umr boʻyi savdo sohasida ishlasa ham.. ibratli hikoya va sheʼrlarni biladigan kishi edi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi. Umr yoʻldoshi q. yoʻldosh.
- Ushbuni koʻrsatuvchi Marasul Huzurjonovni tegish-li umr yoʻldoshi oʻrtoq Nasibaxon Asqarova bilan tegishli daftaringizdan oʻtkazib.. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar. Umr kechirmoq 1) umr oʻtkazmoq, yashamoq.
- "..agar (odam) odam bola-siga oʻxshab umr kechiraman desa, unga shuncha koʻp narsa kerak boʻlar ekan!", — deb kular edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) ayn. umr qilmoq.
- Bir xotin bilan muhabbatli umr kechirmoq, menimcha, eng maʼqul ish. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Umr koʻrmoq Hayot kechirmoq, yashamoq.
- Uzoq umr koʻrib, baxt-saodatli yashayotgan keksalarimiz farovon hayotimizga fayz-tarovat bagʻishlab tu-rishibdi. — Gazetadan. Umr surmoq Umr oʻt-kazmoq, yashamoq (odatda, yaxshi, baxtli umrga nisbatan qoʻllanadi).
- Dunyoda yaxshi umr surding, or-nomusli, adolatli yashading.. — T. Obidov — Yusufjon qiziq. Umr qilmoq Er-xotin boʻlib yashamoq.
- -Tenging emas, qizim! Sening ilming katta, uniki kichik. Umr qi-lib ketolmaysizlar, — dedi onasi Husniyaga. — M. Ismoiliy — Odamiylik qissasi. Umri bino boʻlib q. bino.
- Yodgor umri bino boʻlib bahorning kirib kelishini shu qadar diqqat bilan kuzatmagan ekan. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Umri boqiy Doimiy hayot, yoʻq boʻlmaydigan.
- Insoniyat qalbini munav-var etadigan ezgulikning — sheʼriyatning umri boqiy ekan, demak, shoir umri ham boqiy. — Gazetadan. U
- baʼzan.. Shohruxni duo qilar, yurtda tinchlik boʻlsa, umri boqiy binolar qurib yurishini oʻylardi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Umri qisqa Koʻp yashamaydi, uzoqqa bor-maydi, tez barham topadi.
- Tuhmatning umri qisqa.
Kelib chiqishi
a. j^c. — yashash, hayot; yosh, yashash muddati
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0