Izohli lug‘at
umum
умум
Ma’nolari
- Odamlar, jamoat; xaloyiq; koʻpchilik.
Misollar
- Umum foydasi uchun ishlamoq.
- Yetmasa, seni qoʻlga tushirib, umum oldida sharmandangni chiqarib, ochiq sud qilsin. — Z. Said — Tarix tilga kirdi.
- Endi ingragan yoki, madorsiz boʻlsa ham, umumdan ajralmaslik uchun, chala-chulpa oʻralgan yaralaridan qon oqizib, sudralib borayotgan yaradorlar koʻpgina edi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
Kelib chiqishi
arab. عموم — umumiylik, ommaviylik; hartomonlamalik; barcha, hamma
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0