Izohli lug‘at
universitet
университет
Ma’nolari
- Tarkibida bir qancha tabiiy-matematik va ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi fakultetlari boʻlgan, ayni yoʻnalishlarda yuksak malakali mutaxassis-lar tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oliy oʻquv-ilmiy muassasa.
- Umumiy maʼlumotni va siyosiy bi-limni oshirish sohasidagi bir qator oʻquv muassasalarining nomi.
- Bilim, malaka, tajriba va shu kabilarni egallash, oshirish uchun manba boʻlgan dargoh, joy.
Misollar
- Oʻzbekiston milliy universiteti. Universitetga kirmoq. m
- Men sizni universitetda oʻqitaman, aspiran-turada oʻqitaman. — A. Qahhor — Ogriq tishlar.
- Xalq universiteti.
- Qizilqum koʻpgina yigit-qizlar uchun universitet ham boʻldi. — S. Anorboyev — Oʻzbekiston oltini.
- Choʻl oʻnlab, yuzlab yoshlar uchun jasorat, qahramonlik, fidokorlikning ajoyib universitetiga aylandi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
Kelib chiqishi
nem. Universitat < lot. universitas, universitatus — jami, barchasi; yigʻindi, majmua
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0