Izohli lug‘at
unsur
унсур
Ma’nolari
- Bir butunni tashkil etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi.
- element 1.
- Maʼlum bir ijtimoiy guruh vakili.
Misollar
- Neon chiroqlari yoritib turgan chizmakashlik stoli yonida birinchi toʻgʻonning vertikal unsurlarini oqqa koʻchirayotgan ekan. — "Saodat".
- Demak, poetik obraz va tasviriy vositalar muayyan bir uslubning unsurlarigina, xolos. — "OʻTA".
- Kimyoviy unsur.
- Buzgʻunchi unsur. Reaksion unsur. Yot unsur.
- Oramizda bu qoʻrqinch holatga bahaqqi tushunadigan yaxshi odamlar yoʻq, bilaks, buzgʻunchi va nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab tortadilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yoʻq, Ziyodaxon opa, men unsur emasman! Agar meni birov unsur desa, haqimga juda-juda jabr qiladi — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Kelib chiqishi
arab. – element, modda; tarkibiy qism; kelib chiqish, irq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0