Izohli lug‘at
unum
унум
Ma’nolari
- Yetishtiriladigan, boʻladigan, hosil.
- Ish, mehnat natijasi, koʻrsatkichi; mahsuldorlik.
Misollar
- Ishga qoʻnim — xirmonga unum. — Maqol. n
- Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kechikib ekilgan gʻalla ham, chigit ham, Matqovulning keyin bergan ishlovlariga qaramay, yaxshi unum qil-madi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Yigʻibbutun unumni Qaysi bozorga ortding? — Gʻayra-tiy.
- Ustozlar tajribasidan bah-ramand boʻlgan yosh choʻlquvarlar yuksak unum bilan mehnat qildilar. — "Oʻzbekiston qoʻ-riqlari".
- Titrash taʼsirida odam xayoli parishon boʻladi.. ishining unumi boʻlmaydi. — "Fan va turmush".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0