Izohli lug‘at
urinmoq
уринмоқ
Ma’nolari
- Oʻzini har tomonga urmoq, har yoqqa talpinmoq; harakat qilmoq, in-tilmoq.
- Biror ishni bajarishga kirishmoq; unnamoq, tutinmoq; biror ish bilan band, ovora boʻlmoq. [Nazokat]
- Biror ishni bajarish, biror narsaga erishish va sh.k. uchun harakat qilmoq, hara-katida boʻlmoq.
- Holdan toymoq; charchamoq; qiynalmoq. [
- Asli holatini, sifatini yoʻ-qotmoq: eskirmoq.
- Soʻz urinmoq Soʻz aylanmoq, soʻz tegin-moq.
Misollar
- Qafasda qush urinayotir. n Bozor-da yurgan xalq — fuqaro ham kir-yupun, isqirt, gʻazabli, shoshadi, turtinadi, uri-nadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oshga urindi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Chol oynagini olib, koʻz yoshini artdi va yana ishga urindi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sayfini ilgariroq ishga joʻnatdim-da, oʻzim nimagadir urinib, kechroq qolib bordim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qiz uni [tovuqni] ushlab ol-gani koʻp urindi, juda qiynalib ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Aʼzam kun boʻyi Muhiddinni xoliroq uchratishga urinib koʻr-di, boʻlmadi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Iloji boricha uning sheʼrlarini yerga urish-ga, Feruzning koʻzi oldida obroʻsizlantirish-ga urindilar. — S. Siyoyev — Avaz.
- Ugʻil:] Jon ona, oʻzim yoʻlda juda urinib keldim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bir oz kutmabsiz-da, qori aka, issiqda ancha urinib qolibsiz. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Kumu shbibi.. ogʻriqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi "tinch uxlasin, ortiq urin-masin!" deb bugun namozga ham uygʻottirma-gan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uringan roʻmol. yash Uyga urinib, ezilib qaytib kelgan nonni yeydigan odam yoʻq. — S. Ahmad — Non-nasibamiz haqida.
- Maktub anchagina uringan, qogʻoz shalaqlan-gan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Chopon] Juda yangi boʻlmasa ham, har holda urinma-gan.. — T. Malik — Ajab dunyo.
- Soʻz urindi, soʻzdan soʻz chiqdi, nihoyat, hojining kutganidek, oʻgʻsh hasrati ham bosh-landi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0