Izohli lug‘at
urishtirmoq
уриштирмоқ
Ma’nolari
- Urishmoq fl. ort. n.
- Bir-biriga urmoq, tegizmoq (asosan qadah haqida).
- Koʻz urishtirmoq Bir-biriga maʼnodor qarab qoʻymoq; tikilmoq.
Misollar
- Mahalla bolalari, oʻspirin yigitlar yungi hurpaygan ikki katta kuchukni urishtira-dilar. — Oybek — Tanlangan asarlar. Sidiqjon-ning xotinini chaqirtirib, ikkovini urish-tirganing.. nimasi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sayil kunlarida.. savdo-xarid, baʼzida kurashu dor, qoʻchqor urishtirish ham avj olardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Temirjon esa qadah urishtirish u yoqda tursin, aqlini yoʻqotib, xo-mushoʻtirardi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- -Ins-titutni muvaffaqiyatli tugatganingiz uchun! — dedi Rashid va [piyolasini] Muhar-ramning piyolasiga urishtirdi. — Shuhrat — Shi-nelli yillar.
- Bektemirov kuldi. Boʻynini choʻzib, odamlar orasidan cholni to-pib, koʻz urishtirib oldi, keyin imlab, yoni-dan joy koʻrsatdi. — S. Ahmad — Hukm. Pul urishtirmoq Pulni ishga solmoq, pulni aylantirmoq (savdoda).
- Bu katta bozorda pul urishtirib boyiydiganlar, korchalonlar, uddaburonlar toʻlib-toshib yotibdi. — Yo. Xaimov — M. Rahmon, Hayot-mamot. Soʻz urish-tirmoq Soʻz talashmoq, bahslashmoq.
- -Rahbar bilan soʻz urishtirib chakki qildingiz, otam, — debtoʻsatdan gina qildi Oyimxon. P. Tursun, Oʻqituvchi. Harf urishtirmoq Harflar-ni bir-biriga qoʻshmoq, bogʻlamoq.
- Kitob sahifasidagi katta qora harflarni ovoz bilan bir-biriga urishtirib, bir maʼno chiqarish qishloq mehnatkashlari uchun har qanday zavqdan ortiq edi. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0