Izohli lug‘at
urmoq
урмоқ
Ma’nolari
- Qoʻl yoki biror vosita bilan zarb bermoq.
- Kaltaklamoq, doʻpposlamoq.
- Tigʻli qurollar (qilich, nayza, nish-tar) bilan solmoq (sanchmoq, tiqmoq, chop-moq).
- Moʻljalga olib tegizmoq; otmoq.
- Tegmoq, urilmoq.
- Shiddat bilan yogʻmoq.
- Bir narsa orasiga, ichiga solmoq, joy-lamoq; berkitmoq.
- Yuvib oʻpirmoq, yemirmoq, buzmoq.
- Zarb bilan harakat qilmoq, tepmoq.
- Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shaxs yoki narsaga shu soʻzlar bildirgan narsaning taʼsiri oʻtishi maʼnosini bildiradi.
- Loy, kesak, gʻisht va shu kabilarni tartib bilan termoq; terib, qalab, biror narsa qurmoq, bunyod qilmoq.
- Solmoq, qoʻymoq, bosmoq.
- Oʻzini biror joyga olmoq.
- Toʻla isteʼmol qilmoq; yemoq, ichmoq.
- Oʻz foydasiga olmoq, oʻziniki qil-moq; oʻgʻirlamoq.
- Tanqid qilmoq, qoralamoq.
- J.k. bilan kelgan baʼzi otlarga bogʻ-lanib, nimanidir shu otdan anglashilgan joygacha yetganligini bildiradi.
- Baʼzi soʻzlar, jumladan, mustaqil koʻllanmaydigan soʻzlar bilan birikib, shu soʻzlar anglatgan narsaning yuz berishi, boʻlishi maʼnosini bildiradi.
- Miqsor (sanoq) sonlar bilan qoʻl-lanib, shu son bildirgan yoshga kirganlik maʼnosini bildiradi.
- aftidan, yetmishlarni urib qoʻygan kampir oʻtirardi. N. Fozilov, Diydor.
- Balo urmoq Biron-bir shikayet yemoq, yomonlikka uchramoq.
Misollar
- Bola itni urdi. tl Ota piyemiya; yugurib kelib, boshimga shaq etib urib qoʻydi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Bektemir miltiq qoʻndogʻi bilan uning peshonasiga bir urdi. Dushman shilq etib tushdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Ahmad halqani urdi, eshik shu zahoti ochildi. — F. Musajonov — Himmat.
- Meni Pis-miq mayna qilgani-yu, men uni chala oʻlik qi-lib urganim-u.. Hammasi oʻsha kuniyoq buvim-ning qulogʻiga yetib keldi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Uni urib, ozor bermanglar, unda gu-noh yoʻq, bu bir anglashilmovchilik! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Nishtar urmoq. Pichoqni avval oʻzing-ga ur, ogʻrimasa, birovga ur! — Maqol. n
- Bektemir burgutday sapchib, dushman qorni-ga nayza urdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Ube-xos yondan kelib, fargʻonalikning yelkayeiga qilich urib, otdan qulatdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Robiyaning oyogʻidan quchoqlab olgan qisiq koʻzli yigitning biqiniga xanjar urdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Ni-shonga aniq urmoq. Ikki yuz metrdan moʻl-jalga urmoq. Bir kesak bilan ikki qargʻani urmoq. — Maqol. n
- ..bu qadar merganlik bilan urayotgan batareyaning koʻzi — kuzatuvchisi-ni nemis payqaydi-yu, bir snaryad bilan gʻa-ramning kulini koʻkka sovuradi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- ..olmazor bogʻlardan tutun koʻtarilib, dimoqqa bolalikdan ta-nish boʻlgan achchiq tezak hidi urdi. — O. Yoqu-bov — Izlayman.
- Gulnorning gʻoyib boʻlishi Ioʻlchiga yashin urgan kabi taʼsir koʻrsatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Quduq tubidan urayotgan salqin xush yoqib, Otamurod birpas oʻtirgan boʻldi. — M. Mansurov — Yombi.
- Doʻl urdi. m
- Shu kupi butun kun yomgʻir maydalab urib turdi va kechga yaqin qorga ayshndi. — A. Qahhor — Sarob.
- Chaparasta urayotgan qor koʻz ochirgani qoʻymaydi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Gazetani qoʻltigʻiga ur-moq. Qoʻlini choʻntagiga urmoq. Narsalarini sumkasiga urmoq. n
- Biz togʻ kamariga kiri-shimiz bilan chol sadaqani choʻntakka urish uchun oʻzini chordevor ichiga olgan edi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Tosh-qin urdi. n
- Bu yilgi sel bugun soyning u tomonini olsa, ertasiga bu tomonini urib ketaverdi. — Y. Shamsharov — Koʻrk meʼmorla-ri.
- Qorovul shoʻra va yalpizlarni oʻrib, suv urgan joyga tiqa boshladi. E. — Raimov — Ajab qishloq.
- Bemorning tomiri bilinar-bilinmas urib turar edi. n [ Boltaboy]
- Otdan tushib, uni daraxtga bogʻlar ekan, uy ichidan chiqqan "inga-inga" degan tovushni eshitib qolib, yuragi dukillab urdi. — J. Sharipov — Saodat.
- Chshsh-quduq degan joyda Davronovni oftob uradi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halova).
- Koʻn-dalang kultivatsiya hozir suv bilan havoday zarur. Shu boʻlmasa, qalin koʻchatlarni garm-seluradi. — I. Rahim — Ixlos.
- Paxsa urmoq. Tokcha-ni urmoq. Teshikni urmoq. Eshik oʻrnini ur-moq. n
- Kechgacha qaltirab devor urdik. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Eshakka noʻx-ta urmoq. Otga egar urmoq. n
- Bir necha soldat kelib, mahbuslarni ushladi, yasovul ham-masining qoʻliga kishan urdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qoʻtos taqib boʻyni uzun jiy-ronga, Qirq qubbali yugan urdi boshiga. — "Ravshan".
- ..artist-lar oʻyin koʻrsatadi, ammo, ogʻaynilar, sich-qonning ini ming tanga deb, yertoʻlaga urib ketmanglar tagʻin. — Y. Shamsharov — Toshqin.
- Odamlar jon hovuchlab, oʻzlarini oʻrmonga uradilar. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Sharob — uzum suvidan tayyorlanadi-gan ajoyib ichimlik, oʻzi xushtaʼm, bir kosa urib olsangiz, vaqtingiz chogʻ boʻlib kulave-rasiz. — M. Osim — Toʻmaris.
- Qani, nonni sin-dirib, qaymoqqa bulab-bulab urib olinglar-chi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- ..dehqoshar bilan suhbat qilib, paxtafurush boylarning ham tosh-tarozidan, ham narxdan urib, ularni kuy-dirishlarini bilibolar.. edi. — K. Yashin — Xamza.
- -Bugun podshoning xazinasini uramiz. Shaylaning, yigiptr! — dedi. — "Chalpak yoq-qan kun".
- Ota-buvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi. — Sh. Rizo — Qor yogʻdi, izlar bosildi.
- Kulfurib yashnagan beda belga uradi. Loy tizzaga ura-di. Sochi taqimiga uradigan qiz. yat May-donda biznikshyur koʻrinmas edi. Qor belga urar edi. — N. Safarov — Qahramonningtugʻilishi.
- Joʻsh urmoq. Barq urmoq. Qulf urmoq. Javlon urmoq. n
- Umrida qoʻliga qilich ushlamagan qoʻpol oʻgʻli-ning yuragida jang va gʻalaba sururi tugʻyon urardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Yaxshi parva-rish qilingan gʻoʻzalar mavj urib rivojlan-yapti. — Gazetadan.
- Hash-pash deguncha qirqni urib qoʻyibmiz. m Poxol ustida..
- Xudo yorla-qasa, hademay saksonni uradi. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Joni ham, boshi ham metin ekan, shuncha sanchaman, Gulnorga balo urganini eshitganim yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar. Bosh urib kelmoq Najot izlab, pa-noh istab kelmoq.
- Bosh urib keldim huzuring-ga.. — U. Ismoilov — Saylanma. Yerga urmoq q. yer. Jigardan urmoq Shaydo qilmoq, ishq-mu-habbat uygʻotmoq.
- Taqsirni ham uribdi-ku jigardan, Majnun boʻlib ketmang yana sah-roga. — H. Olimjon. Yoʻldan urmoq q. yoʻl. Meʼ-daga urmoq (yoki tegmoq) q. meʼda.
- Sertamanno kekkaygan tannozlar yoxud nima desang koʻna-veradigan choʻrisifat laqlshlar darrov meʼdaga uradi. — F. Musajonov — Himmat. Yurakdan urmoq ayn. jigardan urmoq.
- Yurakdan birinchi marta urgan ishq-muhabbat kimning esidan chiqadi.. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Bi-rontasi yuragingdan urgandir, boʻlmasa, qan-day shamol uchirardi seni bemahalda bu yoqqa. — "Guldasta". Oʻzini oʻtga ham, suvga ham urmoq q. oʻt. Qoʻl urmoq 1) ayn. qoʻl tegizmoq 1. q. qoʻl.
- Avazning qistashiga qaramay, qaytib handalakka qoʻl urmadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik; 2) biror ish, narsaga daxl qilmoq, tutin-moq, kirishmoq.
- Axir u qoʻl urgan ish bitmay qolmaydi-ku. — "Guldasta".
- Har qanday qingʻir ish qiladigan odam, avvalo, oʻziga suyanchiq topib oladi, keyin xiyonatga qoʻl uradi. — Shuk-rullo — Javohirlar sandigʻi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0