Izohli lug‘at
usta
уста
Ma’nolari
- Biror kasb-hunar bilan shugʻullanuvchi malakali mutaxassis.
- Usta solmoq Usta, mutaxassis yollab ishlatmoq.
- Maʼlum kasb yoki hunarni egallashga oʻrgatuvchi shaxs; rahbar, ustoz.
- Shunday shaxslarni bildiruvchi soʻzlarga (shaxsning ismi yoki buva, amaki kabi soʻzlarga) qoʻshib ishlatiladi.
- Biror ish, sohaning mashhur, mohir bilagʻoni; mohir.
- Sportning u yoki bu sohasida maʼlum natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilarga beriladigan unvon va shu unvonga ega boʻlgan shaxs.
- Epchil, chechan.
Misollar
- Soatsoz usta. Etikdoʻz usta. Tikuvchilik ustasi. Ish ustasidan qoʻrqar. — Maqol. n
- Bu binoni kim qurgan, Koʻk bilan ulashtirib? Qomatin zab oʻxshatgan Ustasi kelishtirib. — Q. Muhammadiy. [7u-
- lagan:] Ogʻil solgan ustalarga doim qarashdim, lekin birovdan bir chaqa soʻraganim yoʻq. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sidiqjon onasi kutgandan ham ortiqroq gʻayrat qilib, hash-pash deguncha yogʻoch, somon, boʻyra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va tezdan usta soldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Usta koʻrmagan shogird har maqomda yoʻrgʻalar. — Maqol.
- sht Ustaning shogirdi — oʻn toʻrt yashar Yoʻldosh deraza oldida oʻtirardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Aka-uka usta qoʻlida uch yil ishlashdi.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Qishloq chekkasida usta Abduvahob degan, Ashtdan koʻchib kelib qolgan tojik yashaydi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Usta boboning kayfi chogʻ edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Usta amaki, mundan xalat tikib bersangiz. — "Guldasta".
- Badiiy soʻz ustasi. Yuqori hosil ustalari. Sanʼat ustalari.
- Sport ustasi. Xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
- Marasul aka, koʻk piyoz toʻgʻrashga ustasiz.. — A. Qahhor — Ogʻriq tish-lar.
- Gapga ham usta ekansiz.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Maynabozchilik qilishga usta edi Rahim aka. — F. Musajonov — Himmat.
Kelib chiqishi
f. 11^,1 — oʻrgatuvchi, muallim
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0