Izohli lug‘at
ustun
устун
Ma’nolari
- I [f. — tirgak,
- poya, tirgovuch, tayanch] 1 Tomni koʻtarib tu-ruvchi tik tayanch yogʻoch. Meʼmor ayvonga qara-di: peshayvonning oʻsha toʻrt ustupi koʻziga olovdek koʻrindi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- arxit. Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi; kolonna.
- Umuman, biror narsani koʻtarib tu-rish, osib qoʻyish va sh.k. uchun foydala-niladigan uzun tik yogʻoch yoki shu taxlitda ishlangan qurilma.
- Havo bosimi yoki harorat oʻlchash asboblarining tik shisha naychasi ichidagi suyuqlik.
- Ushlab, tutib, saqlab turuvchi shaxs; tayanch, suyanchiq.
- Dunyoga ustun boʻlmoq Abadiy yashamoq.
Misollar
- Laʼ-li otxonaning oʻt yalayotgan xarilarini, charsillab yonayotgan ustunlarini koʻrdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Teatr peshtoqining ustunlari. Foye ustunlari. n
- Stansiya ay-vonining bahaybat ustunlari, rang-barang yasanib, poyezd kutishga chiqqan odamlar as-ta-sekin suza boshlaganda, Elmurod toqat qilolmadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Chegara ustupi. Yoʻl koʻr-satuvchi ustun. ■■
- Ajalning nishtari bagʻ-rim yirtadi, Shiqirlatib dor ustunga tor-tadi. — "Shirin bilan Shakar".
- Ketmon koʻ-targan ikki moʻysafid uning yonidagi elektr ustuni tagida gaplashib oʻtirardi. — Oʻ. Umar-bekov — Yoz yomgʻiri.
- Simob ustuni pasaya boshladi. n
- Suyuqlik ustuni qancha baland boʻlsa, bosimi shuncha katta boʻladi. — "Fizika".
- Afsuski, oramizda ustoz Abdusamad Avval yoʻqlar, maʼrifat imoratining bir ustuni yiqilib tushdi. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Tunov kuni sha-hardan chiqib kelayotgan uch-toʻrt oqsoqol me-ni koʻrsatib, "rayonning ustuni" degani qu-logʻimga chalindi. — R. Rahmon — Me\r koʻzda. Us-tunlari tezlik bilan yakson qilingan boʻlsa ham, eski jamiyat osonlikcha qulamadi. "OʻTA".
- [Islomxoʻja:] Hammamiz ham bu dunyoga meh-monmiz. Hech kim dunyoga ustun boʻlgan emas. — J. Sharipov — Xorazm.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0