Izohli lug‘at
uvol
увол
Ma’nolari
- Ayb, gunoh.
- Uvoli tutmoq yoki uvoliga qolmoq Nojoʻya ish yoki harakatning aybdori boʻlmoq; ja-zosini olmoq.
- Foydasiz yoki bevaqt yoʻq boʻlish, yoʻ-qolish; nest-nobud.
- Birovga ozor bermaydigan, zi-yon yetkazmaydigan; yuvosh, zaif.
- Ogʻir, qiyin, ayanchli.
Misollar
- Yoshgina emadigan chaqalo-gʻi boʻlmaganda ham mayli edi, unga qoʻl te-gizmoq uvol! — I. Akram — Adolat.
- Mehmonlar toʻyga borib xursand boʻlishmadi. Toʻyboshining orzu-havasi uvolga, zamon soʻzi bilan aytsak, gunohga aylandi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Oʻqishini juvonmarg qilsak, uvoliga qolamiz. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Umruvol, uvol, bahorme-valarin, Yoshlik boʻsalarin toʻyib totmasang. — A. Muxtor.
- Xohishlaring boʻlmasin uvol! — H. Olimjon.
- \Akram:] Iye, hali sutdan oq, musichadek uvolman deng? — O. Yoqubov — Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
- Boya chumolidek uvol koʻringan qizdek yigit endi kiyikdek yel quvib uchib borardi. — S. Ahmad. Choʻl burgugi. •
- Joʻjabirdek jon, bolalarigauvol boʻldi. — N. Safarov — Uygʻonish.
- Oyoq-qoʻli butun boʻla turib, chumchuqdan bat-tar uvol yashaydigan odamlar ham bor. — S. Axmad — Qadrdon dalalar.
Kelib chiqishi
a. jl— noqulay muhit; balo, ofat; falokat yoki JL> j — kamchilik, nuq-son
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0