Izohli lug‘at
uvvalo
уввало
Ma’nolari
- Astoydil urinib, zoʻr berib; astoydil, rosa.
Misollar
- Mahkam aka uvvalo tushuntirishga urinsa ham, chol eshitmasdi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Xotinlar uvvalo qistasa ham, Buviniso halimga kosa koʻtarib bormadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Uni tinchitish, nima boʻlganini aniqlashga urinib, uvvalo yalinaman, qani tinchisa, qani ochiq ayta qolsa. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0