Izohli lug‘at
uyqash
уйқаш
Ma’nolari
- Bir-biriga nihoyatda yaqin, oʻxshash.
- Mos, monand, uygʻun; yarashgan.
- koʻm. vazifasida. Kabi.
Misollar
- Menman bu — oʻzbekning faxrii xoʻ-jasi, Uyqashga oʻxshaydi ismimiz bir oz. — A. Oripov.
- Oʻsiq qoshi oʻtkir qora koʻzlariga uyqash tushgan yigitga lab juftladim. — S. Nurov — Durdona.
- Men sizni yaproqlar rangiga uyqash Bokira muhabbat bilan sevaman. — X. Davron.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0