Izohli lug‘at
uyqu
уйқу
Ma’nolari
- Odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat (Uyquda nerv sistemasi, asosan, bosh miya poʻstlogʻining faolligi pasayadi, ong, muskul tonusi va sezuvchanlik susayadi).
- —Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- "Hayot"dan toʻxtagan, harakatsiz, shovqin-suronsiz, tinch holat (tabiat ho-disalari va shu kabilarga nisbatan).
- Abadiy uyqu Oʻlim. Balki abadiy uy-qudamisan, Saltanat!S. Ahmad, Hukm. Koʻzi uyquga ketmoq Koʻz yumilib, uyqu(si) bosh-lanmoq.
Misollar
- Qattiq uyqu. Shirin uyqu. Uiqum keldi. Uyqu arslonni ham yiqi-tar. — Maqol. m
- Gʻulomjonninguxlab qolgani-ni ham, uyqusida shirin tushlar koʻrayotgani-niham bilmaydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Doridan ichgandan keyin yurak siqilishi ka-mayib, uyqusi ham bir oz yaxshshtndi. Oʻ. — Us-monov — Sirli sohil.
- Ishtaha yoʻq, uyqu buzilgan, boshim ari toʻldirilgan qovoqdek guvullagani-guvullagan. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Koshona egalari \roʻza-da\ salqin xonalarda yotib, uyqu bilan jon saqlashni odat qilganlar. — P. Qodirov — Yul-duzli tunlar.
- Ona tabiat, ertangi kurash oldidan miriqib dam olish-ga chogʻlangan pahlavonlarday, ogʻir uyquga choʻmgandi. Oʻ. — Usmonov — Sirli sohil.
- Dov-daraxtlar qish uyqusidan uygʻonib, bahorni olqishlaydilar. — Gazetadan.
- Asrlar uxlagan sahro uyqusin Mahv etdik, bir yoʻla ayladik bedor. — Gʻayratiy.
- Qoʻchqor bilan Akmalni topib, yum-shoq poxolga choʻzildi, koʻzi uyquga ketarkan, oʻzicha jilmaydi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa. Koʻziga uyqu kelmoq Uyqu bilan koʻz-lar yumilmoq, uyqu tortmoq.
- Tun yarim kecha-dan ogʻgan, Nodirning koʻziga uyqu kelmasdi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina. Koʻmariga uiqu kelgan shogird bola mushi ipni qir-qir choʻzib, qatim tortar.. Oybek, Tanlangan asarlar. Koʻz(i)da uyqu yoʻq Uyqu kelmagan, uyqusiz holatni bildiradi.
- Xayoliy bir ishq bilan Koʻzlarimda uyqu yoʻq. — Mirtemir. Mast uyqu Rohatli qattiq uyqu.
- Toʻpaniso bir tekisda nafas olib, mast uyquda yotar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Noz uyqu q. noz 3.
- Bir kuni ana shunaqa noz uyquda yotgan ekanman, "Bemor Bakirov, ukol!" degan tovushdan uygʻonib ketdim. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik. Uyqu bermaslik Uxlashga qoʻymaslik, uxlatmaslik.
- Shu-shu boʻlib, bu yigitning su-rati, uning mayin jilmayishi.. Shahzodaga uyqu bermay qoʻydi. — K. Yashin — Hamza. Uyqu bosmoq Uyqu oʻz taʼsiriga tortmoq.
- Yana or-tiq turib qolinsa, uyqu bosib, sovib qolish-dan qoʻrqqan aravakash: -Maymanaga yetib olgach, karvonsaroyda uxlab, yaxshilab dam ola-miz, — dedi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Uyqu yoʻq Uyqu(si) kelmaydi, uxlamaydi.
- Uyqusi yoʻq, halovati yoʻq, Qaygʻu ezar, erk ularga yot. — Gʻayratiy.
- Qizda uyqu yoʻq. Uning badani qizigan.. yuragi shiddatli uradi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Uyqu olmoq Uyqu oʻz taʼsiriga tortmoq.
- Ertadan kechgacha yaylov daiiada tinmay oʻynab charchagan shoʻx bolalar-ni bir lahzada va birdan uyqu oldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kechasi bilan uyqu olma-di, koʻzimni yumib, Soʻnagulni koʻz oldimga keltirib.. gaplashib chiqdim. — A. Muxtor — Davr mening takdirimda. Uyqu tang qilmoq Uyqu talabi kuchaymoq.
- Nihoyat, kuta-kuta uyqu-si tang qilgach, oʻrniga choʻzshshb.. uxlab qol-ganini oʻzi ham sezmay qoldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Uyqu elitmoq ayn. uyqu olmoq.
- Koʻpoʻtmay Meʼmorni uyqu elitdi.. — Mirmuhsin — Meʼmor. Uyquga bormoq ayn. uyquga ketmoq.
- Tuhfa birdan xoxolab yubordi. Bu kulgi-dan uyquga borgan qizlardan baʼzisi choʻchib ketdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon. Uyquga ketmoq Uyqu holatiga oʻtmoq, uxlab qolmoq.
- Butun badanim zirqirab, oʻringa kiribman-u, salda uyquga ketibman. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil. Uyquni olmoq Uxlamoq, uxlab turmoq.
- Rosa uyquni oldik. Uyqusi kelmoq Uyquga xohish, ehtiyoj uygʻonmoq.
- Kamoliddin uyqusi kelmasa ham, oʻringa kirib yotdi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil. Uyqu(si) oʻchmoq Uyquga xohish, talab holat(i) tarqamoq, yoʻq boʻlmoq.
- Oʻringa yotganda, tezroq tong otishini kutib, hor-gʻinligiga qaramay, uyqusi oʻchib ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kechasi poyezdda uxla-magani uchun.. mizgʻib olgisi kelardi. Yechinib oʻtirmasdan, darrov yotdi.. Ammo endi uyqusi oʻchib ketdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Uyqusi qochmoq Uyqu tark etmoq, uyqu-si oʻchmoq.
- U kechasi bilan toʻlgʻanib chiqdi, uyqusi qochdi.. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Us-monali otaning Hilol aka haqidagi gaplari-ni eslab yotdi. — J. Abdullaxonov — Oriyat. Yarim uyqu Chala uyqu, uyquli-uyqusiz holat.
- Ana shunday kunlarning birida Shirmonxon yarim uyqu, yarim xayol orasida darvoza taqilla-ganini eshitdi. — S. Zunnunova — Olov. Qush uyqusi Tez-tez uygʻonish bilan boʻladigan, yengil-yelpi, qisqauyqu.
- -Qushuyqusi, —dedi ona. — Oybek — O.v. shabadalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0