Izohli lug‘at
uzanmoq
узанмоқ
Ma’nolari
- Butun boʻyi (gavdasi) bilan choʻzilmoq, choʻzilib yotmoq.
- Biror narsani olish uchun intilmoq, qoʻl choʻzmoq; choʻzilmoq.
- ayn. Uzaymoq, choʻzilmoq.
Misollar
- Bun i payqa-gan Otabek, xanjarini qinidan chiqarib, qoʻliga ushlagach, yuztuban yerga uzandi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Gilamga uzanib, boshi-ni qoʻllari ustiga qoʻydi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Koʻzlari.. yorishib ketdi, lablarini yalab, miltiqqa uzandi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Tilov uzanib, karavotdan paryostiq oldi-yu, Jamshidga yalt qaradi. — Sh. Xolmirzayev — Togʻlarga qor tushdi.
- Toʻxtamadi zamen daryosi, Kunlar ortdi, uzandi boʻyim. — M. Shayxzoda.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0