Izohli lug‘at
uzil-kesil
узил-кесил
Ma’nolari
- Bekam-koʻst, toʻla holda; batamom.
- Qaror holiga kelgan, qatʼiy.
Misollar
- Nizomjon Yuragida toʻlib-toshgan gaplarni uzil-kesil toʻkib solmoqchi boʻlib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Hali biz qipchoq elidan uzil-kesil qutulganimiz yoʻq. — A. Qodiriy — Utgan kunlar.
- Muayyan sohaga oid muammolar, jumboqlar shu sohaning koʻpchilik olimlari hamkorligidagina toʻla va uzil-kesil hal etilishi mumkin. — "Fan va turmush".
- Uzil-kesil javobimizni oʻn kundan soʻng xabar qilamiz. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Nihoyat, Rahmatulla xayoliy rejalardan charchab, uzil-kesil qarorga keldi. — "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0