Izohli lug‘at
uzilmoq
узилмоқ
Ma’nolari
- Uzmoq fl. oʻzl. va majh. n.
- Aloqasi, bogʻliqligi yoʻq boʻlmoq; aj-ralmoq.
- Davom etishdan toʻxtamoq.
- Kasali qaytalamoq, qayta ogʻirlashmoq.
- Jon bermoq, jon taslim qilmoq; oʻl-moq.
- Ichagi (yoki ichi, qorni) uzilmoq 1) qorni juda ochmoq, ochiqmoq. [Ruzvon xola: ]
- [Nodir]
Misollar
- Umidi uzildi. Aloqa uzildi. Oʻq uzildi. Tan-dirdan yangi uzilgan non. Ip ingichka yeridan uziladi. — Maqol. n
- Koʻzlari jiddiy, Ma-ratdan uzilmaydi. — J. Abdullaxonov — Xo-nadon.
- Xotin kishining uydan uzilib, koʻcha-ga chiqishi oson ekanmi\ — S. Anorboyev — Oqsoy. [Qodir Komilovich]
- Xalqdan uzilib qolganga oʻxshaydi. — Uygʻun — Navbahor.
- Yigit uzilgan shirin tushini yana bir on koʻrish umidida koʻzlarini yummoqchi boʻldi. — Oybek — Quyosh qo-raymas.
- Magazin ertsixabdan kechgacha ochiq, bu yerdan ertalabdan kechgacha xotin-xalaj uzilmasdi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- ..kich-kina qora qumgʻon tagidan olov uzilmas edi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- -Sen urinma, uzilib qolasan, — dedi Mah-kam aka Fotima opaga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- Odatda vrachlar bemor oldiga odam qoʻyishavermaydi. Toliqadi, uziladi, deyishadi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- ..bir qultumgina suv ham icholmay, gul hidlab yotib, bechora uzildi. — Mirmuhsin — Umid.
- Kalta-kalta nafas olib, shipga qa-rab yotiptilar.. Kun yoyilganda uzildilar. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qoʻy, bolam, bunaqa behuda xayollarni.. Ol, oshing-ni ich, ichaging ham uzilib ketgandir. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda.
- Ola qol.. qorningham uzilib ketgandir.. — S. Akbariy — Choʻldagi par-voz; 2) qattiq kulgidan yoki yigʻidan hol-dan toymoq. -Chiroyli yigit, aqlli yigit, —
- deb maqtay-maqtay, Toʻybekaning ichagi uzildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Nasibasi (yoki tuz-nasibasi) uzilmoq Biron yerdan ketish zarurati tugʻilmoq, ketishga toʻgʻri kelmoq.
- Nahot Zorqishloqdan ham nasibam uzilgan boʻlsa. — S. Ahmad — Hukm.
- Yerimizdan tuz-nasibang uzilmasin, bolam! — M. Xayrullayev — Tilla marjoy. Oyogʻi uzilmoq Kelmay qoʻy-moq, kelish-ketishni tark etmoq, toʻxtat-moq.
- Keldi-ketdi boʻlib, Nizomjon uch-toʻrt kun Dildor bilan bafurja uchrasholmadi.. Nihoyat, uydan mehmonlarining oyogʻi uzildi. — S. Ahmad — Ufq. Yuragi (yoki yuragining bir cheti) uzilmoq Biror kimsa yoki narsaga achinmoq, gʻoyat xafa boʻlmoq.
- Jonuzoqning yumaloq quyma gavdasi.. uzoqdagi tund buta-lar orasida koʻzdan yashiringanida, Boboqul-ning yuragi uzilibqoldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Avtobusga oʻtirib, stansiyaga yaqin-lashgani sari, yuragining bir cheti uzilib qolgandek boʻlaverdi. — Sh. Gʻulomov — Yorqin ufqlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0