Izohli lug‘at
uzoqlashmoq
узоқлашмоқ
Ma’nolari
- Biror kimsa yoki narsadan nari (uzoq) ketmoq; yiroqlash-moq.
- Qarindoshlik, qadrdonlik, yaqinlik aloqalarini susaytirmoq yoki yoʻqotmoq; bordi-keldi qilmay qoʻymoq; begonalashmoq. U \Mirzakarimboy\ oʻz ichida oʻyladi: "Onasining uzokrshshib ketgan togʻa-sini yigit bekorga yoʻqlab keladimi?" Oybek, Tanlangan asarlar.
Misollar
- Zaynab orqasiga qaray-qaray, Ota-bekdan uzoqlashdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Choyxoʻrlar birin-ketin oʻrinlaridan tu-rib, Oyqizning koʻzidan uzoqlashishga shoshi-lar edilar. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Gavhar bir narsani tushunmasdi: Odamlar undan uzoqlashyaptimi yo oʻzi odamlarga begona boʻlib qolyaptimi ? Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Ravshan esa lahza sayin begona/yushib, uzoqlashib borar, yoniga yoʻlatmasdi. — "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0