Izohli lug‘at
vahima
ваҳима
Ma’nolari
- [a. — qoʻrquv, tahlika; xayolot; ruhiy bezovtalik] 1 His-tuygʻu va kayfiyatning buzilishi; qoʻrquv bosish, xavfsirash, yurakni gʻulgʻula bosishi nati-jasida yuzaga keladigan ruhiy holat, qoʻrquv holati, ruhiy bezovtalik.
- Vahimani qayd etuvchi, vahima bil-diruvchi gap-soʻz, xatti-harakat va sh. k.
- Shunday ruhiy holatga soladigan narsa, gap, manzara va sh. k.
- Koʻrinish, tuzilish holati vahimali tuyuluvchi; bahaybat, salobatli.
- Vahimali gaplarni koʻp gapiradigan, boʻlar-boʻlmasga vahima qiladigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
- ayn vahimali.
- Vahima bosmoq Vahima his-tuygʻusi egallamoq.
Misollar
- ..kichkina darcha-dan vahima bilan moʻralab turgan Bekajonu Toʻlgʻonoyning mungli koʻzlari koʻrinadi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Onabibi bundan hech xavotir oladigan narsa topmaydi-yu, lekin yana qoʻli ishga bormaydi, koʻnglidan vahima arimaydi. — A. Muxtor — Chinor.
- Osmondagi jimir-jimir etib turgan son-sanoqsiz yulduzlarga ti-kilgandagina kishi vahimani unutardi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Serka/yur butun suruvni oʻz orqalaridan ergashtirib, xuddi boʻri quv-ganday, vahima ichida toʻppa-toʻgʻri jarlik-ka qarab chopmoqda edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- -Yana nima vahima?— dedi. — Menga ishonmasangiz, mana, Muhammad Sulton janoblaridan soʻ-rang.. fitnachilar bugun kechasi Soʻzangaron darvozasini Boburga ochib bermoqchi emishlar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Hah, hali gap shumi? Vahimangiz bor boʻlsin, odamni qoʻr-qitib yubordingiz-a. — K. Yashin — Hamza.
- Hali shunga shuncha vahimami? — "Mushtum".
- Oʻrmon qoron-gʻiligining vahimasi. m Kechagi vahima-larni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohanshohlar bir-birlariga sezdirmay, kechasining oʻzidayoq quyon boʻlib qochib qolgan ekanlar. — "Ertaklar".
- Koʻchalarda askarlar, har yoqdan gʻizillagan harbiy mashinalar koʻp boʻlishiga qaramay, bu yerdan urushning qora vahimasi oz sezi-lardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Vahimasi zoʻr. n Qorongʻida vahima boʻlib koʻringan togʻ uncha baland emas ekan. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Samolyotga yetdik. Ehe, uning vahimasini koʻring. — H. Nazir — Yonar daryo.
- He, vahima boʻpsan, ukam. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Bu vahima gamarni qayoq-dan topasiz-a, bekam. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Vahima bosdi, yuragini qoʻrquv teshib, oyogʻidan mador ketdi. — "Yoshlik".
- Uni vahima bosdi, koʻz oldidan allaqanday pajmurda gavdalar oʻta boshladi. — K. Yashin — Hamza. Vahima kasali Oʻzini doim taʼqib yoki xavf ostida sezishdan iborat ruhiy kasallik. Vahima koʻtarmoq Vahimaga tu-shiruvchi ish-harakat, holatni qoʻzgʻamoq.
- Pirovardida yigipshr poxomarga oʻt qoʻyib, dushman toʻdasi ichida vahima koʻtardilar. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi. Vahima solmoq Bezovta qiluvchi, vahimali ruhiy holat qoʻzgʻamoq.
- Atlaqayerdan tun qushining yurakka vahima soluvchi horgʻin nolasi eshi-tilardi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Vahima tushmoq Ruhiyatida vahima, qoʻrquv hissi qoʻzgʻalmoq.
- Dushman sarbozlari roʻpa-ralarida qandaydir bir telba.. kimsaga koʻz tashlashib, yuraklariga vahima tushdi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Vahima qilmoq 1) vahima, hayrat holatida boʻlmoq; qoʻrqmoq.
- ..qozon toʻla etga qarab, "shuncha goʻshtni kim yeydi", degandek vahima qilib oʻtirishar.. edi. K. — Yashin — Hamza.
- Vahima qiladigan joyi yoʻq. Arzimagan gap [dedi Hojimat]. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar; 2) vahima qoʻzgʻatadigan (va-himali) gap-soʻz qilmoq. [
- Marasul:] Ahadjon aka, juda qaltis ish-da.. bir chuvingiz chiqsa bormi, bu yogʻingiz — raykom, u yogʻingiz — proku ror-a! [Zargarov:] E, vahima qilaverma! — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Vahima qilgan Hojimatga bir oʻqraydi-yu, yana choʻkka tushdi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat. Vahimaga tushmoq Vahima, qoʻrquv hissiga berilmoq.
- Ochil akaning gaplaridan Shermat aka naq vahimaga tusha boshladi. — A. Ha-yitmetov — Shonli avlod.
- Vahimaga tushgan qoʻshin birdan oʻzini orqaga tashladi.. P. — Qodirov — Yulduzli tunlar. Vahimasi uchmoq Oʻta darajada vahimaga tushmoq, qoʻrquv, haya-jon va sh. klan hangu mang boʻlmoq.
- Chirmanda boʻgʻiq gumburlaydi. Qoʻngʻiroqlarning jaran-gidan vahimang uchadi, goʻyo chirmandani odam chalmaydi, qorongʻi kechada mudhish jar yoqa-sida dev cha^shdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0