Izohli lug‘at
vahm
ваҳм
Ma’nolari
- ayn. vahima.
- ayn. vahimali.
Misollar
- Oʻlimning vahmidan har dam yurak toʻlganga yigʻlayman. — Hamza.
- Cholning vahmi, Hasan soʻfining yerga yotib quloq solishi Gʻulomjonlarni hayron qoldir-di. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Uning ovozidan qoʻrqinch aralash tashvish, boya oʻzi aytgani-dek, vahm alomatini sezgan Shera/sh xoxolab yubordi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Bari chopqu oldda, Erkin, ne uchun vahm aylading.. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Barot polvonning xotini uyda yolgʻiz; eri ham, oʻgʻli ham guzarda.. koʻchadagi xotinlar chuvuri, bolalar yigʻisi yuragiga vahm solardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Keyingi kunlarni.. Anor-xon vahm oʻylar bilan oʻtkazdi. — Oybek — O. v. shabadalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0