Izohli lug‘at
varaq
варақ
Ma’nolari
- Boʻyi va eni maʼlum hajmga ega boʻlgan, asosan yozish uchun ishlatiladigan qogʻoz, qogʻoz boʻlagi.
- Daftar, kitob va shu kabilarni tashkil etuvchi old-.orqa sahifadan iborat har bir qat, boʻlak.
- koʻchma Oʻtmish hayot, tarixning muayyan davrlari, qismlaridan har biri, sahifasi. Uzilmasin zamonning rishtasi deya, Asrlarning orasi qolmasin deb boʻsh, Yemasin deb tarixning varagʻin kuya, Qullikka erk tilagi kerib turdi toʻsh. M. Shayxzoda, Toshkentnoma.
- Oʻn varaq oʻtadi Oʻn chandon oʻtadi, or-tiq (qiyoslashda maʼnoni, fikrni kuchay-tiradi).
Misollar
- Ertoyev stol tortmasi-dan bir varaq qogʻoz olib, nimalarnidir tez yozdi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- U bir varaq qogʻozga tajribaning formulasini shosha-pisha yozib koʻrsatdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Oʻz karavotida yonboshlab olib, kitob oʻqiyotgan Zulayho varaqlarni shitirlatib ochayotganida, unga qarab-qarab qoʻyar, ammo indamasdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Ahmad varaqning uchini buklab, jurnalni yopdi. — F. Musajonov — Himmat. Mashhurxat-totlar katta pullar evaziga koʻchirgan, har bir varagʻiga nafis bezaklar ishlangan bu qoʻlyozma kitoblarning har biri bir necha ming dinor turishini Boburning yonida turgan Krsimbek ham bilar edi. P. Qodirov, Yulduzdi tunlar.
- Sizning sherigingiz Fayzi dastur-xonchi boʻlsa, sizdanoʻn varaq oʻtadi. — H. Shams — Dushman.
Kelib chiqishi
Arabchadan وَرَق — barg, yaproq; qogʻoz varagʻi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0