Izohli lug‘at
vasvasa
васваса
Ma’nolari
- . Odamda gʻayritabiiy xayollar, gʻoyalar paydo boʻlishi, fikrlash va faraz qilish faoliyatining buzilishi, shunday ruhiy holat.
- . Kishini yoʻldan ozdiradigan gap, xatti-harakat, igʻvo va sh. k.
- . Vahimali, gʻulgʻulaga soluvchi oʻy-fikr, xayollar, shunday oʻy-fikr, xayolli holat.
- . vasvos.
Misollar
- Urush vasvasasi.
- Gʻulomjon sevgi vasvasasiga uchganini, shaʼniga yarashmagan qiliq qilganini endi angladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Odam vasvasaga tushsa, yomon boʻlarkan. — "Yoshlik".
- [Yusufbekhoji Otabekka] Qayin otangdan, meni quvladi, deb koʻngling olinmasin, chunki bu bechora ham bir shaytonning vasvasasi bilan bu xatoga tushgan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ey ulugʻ shoh, bu yoʻldan qayt, shaytonning vasvasasiga uchma, keyin pushaymon boʻlib yurma.. — "Oltin beshik".
- Dilingizdagi vasvasalarni haydang.. — K. Yashin — Hamza.
- Doimo umidim bardam boʻlsa ham, Baʼzan vasvasalar bosar dilimni. — Gʻ. Gʻulom.
- Nega vasvasa deysan meni, Berdi?.. — I. Rahim — Ixlos.
Kelib chiqishi
arab. – toʻgʻri yoʻldan ozdirish; xavf-xatar, xavotir
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0