Izohli lug‘at
vatan
ватан
Ma’nolari
- Kishining tugʻilib oʻsgan oʻlkasi, shahri yoki qishlogʻi; yurt, diyor.
- Kishi tugʻilib oʻsgan va oʻzini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat; ona yurt.
- Turarjoy, boshpana, maskan, uy.
- Oʻsimlik va sh. k. larning asli kelib chiq-qan yerini bildiradi.
- Vatan qilmoq Yashash joyi qilib oʻrnash-moq.
Misollar
- Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni. — Maqol. ■■ U
- [Bek-temir] uzoq vatani, ota-onasi, sermehnat, sertashvish, hammavaqt bolalarning qiy-chuvi bilan toʻlgan katta oilani.. eslardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Tugʻilgan vatanim — shu Oʻzbekiston.. — Fozil Yoʻldosh oʻgʻli.
- Ona vatan. Ulugʻ vatan. n Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan oʻlchanadi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Yoshi yigirma beshni qoraladi. Lekin boshida na boʻyradek vatani bor, na jonida halovati. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tiktepada turadigan vatani yoʻq, otasidan qolgan choldevor buzilib, yorilib ketgan. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Uy limoni — rutagul-lilar oilasiga mansub, doim yashil subtropik oʻsimlik. Vatani — Xitoy, Yaponiya, Sharqiy Hindiston. — "Uy-roʻzgʻor ensiklopediyasi".
- Taqdir qshchgan joyga vatan qilamiz, Ajal yetgan joyda bir kun oʻlamiz. — "Yusuf va Ahmad".
- Andijondan Mirzachoʻlga kelib, choʻlni vatan qilgan, gʻoʻzani oʻz farzandi bil-gan Gʻanisher Yunusov nomini xalqimiz bir umr yodda saqlaydi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
Kelib chiqishi
a. j — tugʻilib oʻsgan joy, yurt
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0