Izohli lug‘at
vaza
ваза
Ma’nolari
- Meva-cheva, shirinlik solib dasturxonga qoʻyiladigan idish.
- Gul solib qoʻyiladigan yoki uylarga, jamoat binolariga ziynat uchun qoʻyiladigan naqshdor, chiroyli idish, koʻra.
Misollar
- Bir vazada bandidan yangi uzilgandek tilla olmalar, ikkinchi vazada har bittasi kichikroq choynakday keladigan anorlar. — S. Anorboyev. Oqsoy.
- [Gulnor] Bezak uchun u yerga, bu yerga qoʻyilgan katta-kichik chiroyli xitoy vazalarini latta bilan yaxshilab artdi. — Oybek. Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
lot. vas — idish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0