Izohli lug‘at
voha
воҳа
Ma’nolari
- Choʻl va chalachoʻllarda obod qilingan yer.
Misollar
- Zarafshon vohasi.
- Xorazm vohasi.
- Bir tomchi suvga zor boʻlib yotgan dasht oʻzlashtirilib, maʼmurchilik vohasiga aylantirilib, Oqar qishlogʻi aholisi qarab turarmidi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Vohaning uzunligi nari borsa uch-toʻrt farsang, kengligi koʻp boʻlsa bir farsang kelar. — Odil Yoqubov — Koʻhna dunyo
- Tuprogʻi serunum, iqlimi mo‘tadil, ammo suvi kamchil Qashqa vohasini bogʻ-rogʻlarga aylantirish qadimiy orzu edi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
Kelib chiqishi
Arabchadan — sahro oʻrtasidagi suvli, koʻkalamzor joy; Arabchadagi bu so‘z ersa, o‘z navbatida, Qibtiycha ⲟⲩⲁϩⲉ so‘zidan olingan erur.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0