Izohli lug‘at
vujud
вужуд
Ma’nolari
- Kishining butun borligʻi, joni-tani; aʼzoyi badan.
- Butun vujudi bilan Bor (tamomi) imkoniyati, diqqat-eʼtiborini ishga solib.
- Odam, shaxe, zot. [
- Umuman, jonli va jonsiz narsalar-ning borligʻi, jismi.
- Vujudga kelmoq Dunyoga kelmoq, yuzaga kelmoq, yaralmoq.
Misollar
- Xoʻjabekov boʻm-boʻsh koʻchada yakka oʻzi. Butun vujudi asabiy titraydi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Ota dom-daraksiz ketgan yolgʻiz oʻgʻli Razzoqni eslab, butun vujudida allaqanday bir holsizlik sezdi. — H. Gʻulom — Mashʼal. U
- qop-qora, qotma, vujudi pay bir yigit boʻlib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mana shu baxtiyor kunlarni xalqimiz oʻzining qoni bilan, joni bilan, butun vujudi bilan himoya qilgan. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Ustoz gaplarini tushunib olish uchun butun vujudim bilan tinglardim. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Saidqosim oʻrinbosarlik ishiga butun vujudi bilan kirishdi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Otabek:] -Sizmi, Kumush? — debsoʻradi. [Kumush:] -Men, men! — Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma hasrapiari, alamlari bir-birlariga anglashilgan.. edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Jamiki mavjudot-ning vujudida ham tebranma harakatni koʻramiz. — "Fan va turmush".
- Uning [Botiralining] hisobicha, shu poyonsiz toʻqayning oʻzida bir necha yangi qishloq vujudga kelishi mumkin. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Non qanchadan-qancha ki-shilarning halol mehnati bilan vujudga keladi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
\a. •ij^-j borlik, mavjudlik; gavda, jism
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0