Izohli lug‘at
xabardor
хабардор
Ma’nolari
- \a. + f. _>1— maʼlum xa-barga ega, biladigan, xabar berilgan] 1 Xabari bor, axborotga ega. Uning [Musaning] nazarida, goʻyo Ziyodbek hamma gaplardan xa-bardor. N. Fozilov, Diydor.
- Xabardor boʻlmoq 1) voqif boʻlmoq, xabar topmoq, eshitmoq; bilmoq.
- sft. Biror soha boʻyicha muayyan maʼ-lumotga ega, shu sohani biladigan; omil-kor.
Misollar
- Shov-shuv koʻ-tarma! Dadang xabardor boʻlib qolsa, yaxshi boʻlmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mulla Fazliddinning yuragi taka-puka boʻlib ket-di. Nahotki bu bek poʻlat sandiqdagi surat-dan xabardor boʻlsa?! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar; 2) kuzatib turmoq, nazorat qilmoq.
- Oliyaxonning ota-onasi.. qizlaridan xabardor boʻlib turish uchun ularni oʻz uylariga koʻ-chirib keldilar. — "Mushtum". Xabardor qilmoq Maʼlum qilmoq, bildirmoq.
- Oxiri oʻylab-oʻylab, bu gaplardan sizni xabardor qilishga ahd qildim. — S. Ahmad. Ufq.
- Boshliqqa telefon qilishdan maqsad maslahat soʻrash emas, balki charxpalak oʻyinining boshlanganidan xabardor qilish. — "Yoshlik".
- Kafillik bersam-bermasam, diplomatiya ishlaridan xabardor boshqa odamimiz yoʻq. — T. Malik — Qaldirgʻoch.
- Bu qiz [Xonzoda] meʼmor-lik sanʼatidan ham xabardor ekan.. — P. Qo-dirov — Yulduzli tunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0