Izohli lug‘at
xalfa
халфа
Ma’nolari
- Shariat qoidalarini yaxshi biladigan, oʻqimishli odam.
- Eski maktabda oʻquvchilarga boshliq qilib tayinlangan, maktabdor domlaga koʻmaklashadigan oʻquvchi.
- Oʻrta asrlar ustaxonalarida hunar oʻrganuvchi shogird; hunar-kasb oʻrganuvchi shogirdlar boshligʻi.
- Xalfa tushmoq Xalfa boʻlib ishlamoq (q. xalta 3).
- folk. Xorazm vohasida mahalliy ogʻza-ki ijod namunalarini ijro etuvchi ayol.
Misollar
- Turdiboy xalfa oʻz hovlisi-da ish boshlagan oʻqituvchiga katta hurmat bshgan qaraganini ishora qilib, u bilan egi-libroq koʻrishdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Avaz bir vaqtlar mana shu madrasada tahsil koʻrgan; ham-hujralari to hanuz bu yerda xalfami, mu-tavalliga yordamchimi boʻlib yurishardi. S. — Siyoyev — Avaz.
- Unga, oʻn besh yoshidan boshlab, avval shogird, keyin xalfa, soʻng mustaqil usta sifatida to shu damgacha erta-kech bukchayib ishlashga toʻgʻri kelgani uchun, uning yelkasi bukur kabi, ortiqcha turtib chiqqan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Otam mahalladagi boyga xalfa tushib, boʻz, alak, beqasam toʻqiy boshladi. — Yo. Shukurov — Qasos.
- Xalfalar repertuaridan asosan "Toʻy mu-borak", "Yor-yor", "Oshiq" turkumidagi.. dos-tonlardan parchalar, Mahtumquli va boshqa shoirlarning sheʼrlari asosidagi nasihat va raqsbop qoʻshiqlar oʻrin olgan. — "OʻzME".
Kelib chiqishi
a. "-alb. — bir-birining orti-dan borish, ergashish; oʻrin almashish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0